Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2008 16.06.1997 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GUMON QILINUVChI, AYBLANUVChI YOKI SUDLANUVChIGA ADVOKAT TOMONIDAN HUQUQIY YORDAM KOʻRSATISh BOʻYIChA XARAJATLARNI DAVLAT HISOBIGA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli “Advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruv, dastlabki tergov, sudda fuqarolarning himoya qilinishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasi va “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, surishtiruvni olib boruvchi shaxs, tergovchi, prokurorning qarori, sudning fuqaroni huquqiy yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish haqidagi ajrimi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlarga toʻlanadigan summa miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlaydigan Advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan huquqiy yordam uchun haq toʻlash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mehnatga layoqatsiz va toʻlovga qobiliyatsiz shaxslar, shuningdek jami daromadi har bir boqimandaga hisoblaganda ushbu davrda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan ortiq boʻlmagan nochor fuqarolar huquqiy yordam uchun haq toʻlashdan ozod qilinishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman, shahar hokimligi haq toʻlashni Moliya vazirligi gʻaznachiligining tegishli hududiy boʻlinmasi orqali qaror, ajrimni chiqargan organ joylashgan joy boʻyicha amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq qaror, ajrim va advokatlar byurosi, hayʼati va firmasi rahbari tomonidan hisoblab chiqarilgan summa koʻrsatilgan hamda qaror, ajrimni chiqargan shaxs tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma taqdim etilgach toʻlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26-iyundagi 129-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 25-26-son, 263-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman, shahar hokimligi koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar olingach, bir oy muddatda Moliya vazirligi gʻaznachiligining tegishli hududiy boʻlinmasi orqali advokatlar byurosi, hayʼati, firmasiga toʻlanishi kerak boʻlgan summani oʻtkazadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26-iyundagi 129-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 25-26-son, 263-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Advokat jinoiy ishni sudda koʻrib chiqishda uzoq vaqt qatnashgan taqdirda uning mehnatiga haq toʻlash haqidagi maʼlumotnoma har oyda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Advokatlar byurosi, hayʼati va firmasi rahbari tayinlanib jinoiy ishda qatnashgan advokatga haq toʻlangandan keyin bir hafta muddatda jinoiy ishga tirkash uchun davlatga toʻlanishi kerak boʻlgan summa haqida surishtiruvni olib borgan shaxs, tergovchi, prokurorni xabardor qiladi. Fuqaro sudning hukmi bilan aybdor deb topilganda va huquqiy yordam uchun haq toʻlashdan ozod qilish uchun asos mavjud boʻlmagan holda davlat xarajatlari hukm qilinganning hisobidan undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat tomonidan haq toʻlangan huquqiy yordamga oid xarajatlarni hukm qilingandan undirib olish yuzasidan hukmning ijro etilishi (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Advokatlar tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni moliya organlari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan koʻrsatilgan huquqiy yordamga davlat hisobidan haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan huquqiy yordamga haq toʻlash haqidagi yoʻriqnomani va Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga davlat hisobiga oʻtkazilgan huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni advokatlarga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni bir oy muddatda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Advokatlar tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 1990-yil 19-sentabrdagi 314-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
297-son