Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.12.1996 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUDJETGA TOʻLOVLAR MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh VA TOʻLOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlar va majburiy toʻlovlarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga oʻz vaqtida tushishi mexanizmini takomillashtirish, muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qisqartirish, soliq toʻlashdan bosh tortishlarning oldini olish hisobiga soliqlar yigʻilishini oshirish, soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-iyuldagi 309-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti va mahalliy budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni aniqlashtirishda oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha berilishi kerak boʻlgan subvensiya yoki mablagʻlarni Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qisqartirish boʻyicha oylik topshiriqning bajarilmagan summasiga kamaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti daromadlari va xarajatlari boʻyicha pul oʻtkazilishining Vaqtinchalik tartibini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi barcha hududiy soliq organlarida muddatida toʻlanmagan soliqlar va toʻlovlarni undirish hamda soliqlar va budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni qarzdor korxonaning mol-mulkidan undirish boʻyicha mustaqil boʻlinmalarni xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni doirasida tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq toʻlashdan bosh tortish uchun foydalaniladigan gʻayriqonuniy naqd pul muomalasini qisqartirish maqsadida respublika soliq organlari yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida naqd pul mablagʻlari bilan hisob-kitob qilish hollari aniqlanganda (mahsulotni tashish boʻyicha transport xizmati koʻrsatish ham shu jumlaga kiradi), amaldagi qonun hujjatlari bilan ruxsat berilgan hollar bundan istisno, ham xaridor, ham sotuvchi toʻgʻrisidagi ishni har ikkala tomonga jarima sanksiyalarini qoʻllagan holda huquqni muhofaza qilish organlariga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 945-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/945/2210-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda soliq organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tizimini takomillashtirsin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Bankrotlik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1995-yil 17-iyuldagi 273-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
431-son