Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 20.04.2021 yildagi PF-6209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatanimizning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni eʼzozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 76 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 000 000 (oʻn ikki million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatanimiz ozodligi va shon-sharafi himoyachilariga bagʻishlangan maxsus uchrashuvlar va madaniy-maʼrifiy kechalarni oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6209-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 06/21/6209/0361-son)