27.01.2021 yildagi PQ-4964-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, ekin yerlaridan samarali foydalanish, hududlarda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 413 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlari tijorat banklari orqali kredit mablagʻlari ajratishga yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda AT “Xalq banki” bilan birgalikda Jamgʻarma tomonidan avval ajratilgan kredit mablagʻlarining soʻndirilgan qismi hisobidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi Jamgʻarmaga tijorat banklari orqali “Tomorqa xizmati” MCHJlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda tomorqa yer egalarini moliyaviy taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlashga jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari hisobidan 200 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur mablagʻlarning 100 milliard soʻmi joriy yilning birinchi choragida, qolgan qismi haqiqiy talabdan kelib chiqib, keyingi choraklarda moliyalashtirib beriladi hamda kamida 50 milliard soʻmi “Turonbank” ATB orqali limonchilik yoʻnalishidagi loyihalar uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan kredit mablagʻlarining samarali ishlatilishi boʻyicha oʻrganish olib borsin va natijasi boʻyicha 2021-yilning 1-mayiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 27-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4964-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 07/21/4964/0066-son)