Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.11.1996 20.10.1995 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.11.1996
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MARKAZIY BANK PATENTLARI EGALARI OPERATSIYALARINI KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli “Isteʼmol tovarlarini import qilish uchun markazlashtirilgan valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika isteʼmol bozorini yanada toʻldirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish va milliy valyutaning ichki almashinuvchanligini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1995-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki patentlarini yuridik va jismoniy shaxslarga berish, shuningdek, patent egalariga soʻmlarni vakil qilingan banklar orqali erkin muomaladagi valyutaga almashtirish ular tomonidan respublikaga keltiriladigan tovarlar turlariga bogʻliq boʻlmagan holda amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori bilan belgilangan roʻyxatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish (keltirish) taqiqlangan yoki zarur litsenziyalarsiz yoxud ruxsatnomalarsiz keltirilgan buyumlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari patent egalari sonini keskin koʻpaytirish va ularning respublikaga keltirilgan tovarlarni aholiga sotishdan olingan soʻmlardagi tushumlari oʻz vaqtida almashtirib berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan, import qilinishi respublika valyuta bozorida imtiyozli almashtirish huquqini beruvchi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar roʻyxati (2, 3-roʻyxatlar), Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-martdagi 94-son qarorining 1 va 2-bandlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-apreldagi 135-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy bank bir hafta muddatda oʻzining meʼyoriy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov, M.Z. Usmonov va Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
413-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 10-son, 42-modda)