Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-sonli “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar maazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
273-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 136-modda)