24.12.2019 yildagi -son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida Bitim
Kuchga kirish sanasi
02.10.2020
 LexUZ sharhi
(c) Texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning 4-moddasida ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydi,
(b) KfW byurosi uchun import qilinib, yuqoridagi 3-moddada qayd etilgan KfW byurosining faoliyatlari uchun foydalaniladigan buyumlar, xususan, materiallar, avtotransport vositalari, tovarlar va asbob-uskunalar, shuningdek, ehtiyot qismlarini barcha bojxona bojlari va yig‘imlaridan, shu jumladan, import va eksport bojlaridan, shuningdek, litsenziyalar, aeroport va port yig‘imlaridan, omborxonada saqlanganlik uchun davlat to‘lovlari hamda boshqa davlat yig‘imlaridan ozod qiladi va mazkur buyumlarning kechiktirmasdan chiqarilishini ta’minlaydi,
(c) KfW va KfW byurosini yuqoridagi 3-moddada qayd etilgan KfW byurosining faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘g‘ridan- to‘g‘ri soliqlardan ozod qiladi,
(d) yuqoridagi 3-moddada qayd etilgan KfW byurosining faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan buyumlar, xususan, materiallar, avtotransport vositalari, tovarlar va asbob-uskunalar, shuningdek, ehtiyot qismlari va O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i yoki shunga o‘xshash bilvosita soliqlar undirilmasligini ta’minlaydi. Shu munosabat bilan undiriladigan har qanday alohida iste’mol soliqlari, so‘rovga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoplanadi,