10.08.2020 yildagi PQ-4799-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “The International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoni) (keyingi oʻrinlarda — Investor) va “Acwa Power Sirdarya” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) oʻrtasida 2020-yil 6-martda qiymati 1,2 mlrd AQSH dollariga teng boʻlgan Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirish boʻyicha Investor majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Investor nomidan Oʻzbekiston Respublikasida ish yuritadigan Loyiha kompaniyasi taʼsis etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2020-yil 5-martda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimi) tuzilganligi, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ timsolidagi yagona xaridorga sotish majburiyatini olganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olish va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini olti oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniya foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolati taqdim etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Investitsiya bitimi u imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Sirdaryo viloyati hokimligiga Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini olti oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga Oʻzbekiston Respublikasining yuqori darajadagi reytingi boʻlgan tijorat bankining tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va chet el valyutasida shartsiz bank kafolati taqdim etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda jalb qilinadigan chet el investitsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini, istisno tariqasida, chet el valyutasiga bogʻlagan holda belgilashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻztransgaz” AJ “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz va texnik suv yetkazib berish toʻgʻrisida shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻztransgaz” AJning aybi bilan tabiiy gaz va texnik suv yetkazib berilmasligi natijasida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Loyiha kompaniyasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan, barcha turdagi jarima va boy berilgan foyda summalarini toʻlab berish majburiyati yuzasidan agarda shartnomada boshqa shartlar koʻrsatilmagan boʻlsa, tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvchilar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oldida qonun hujjatlariga muvofiq regress tartibida javobgar boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, istisno tariqasida, quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlash, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari chet el valyutasida kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sirdaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha kompaniyasiga Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarda qonunchilikda belgilangan tartibda yerni ijaraga berish boʻyicha shartnoma imzolasin va investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga yer uchastkasi ajratib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4799-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 07/20/4799/1154-son)