30.05.2019 yildagi -son
 LexUZ sharhi
Mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan maqsadga asosan Rossiya tomoni O‘zbekiston tomoniga Moskva shahri “Mir” shoh ko‘chasi, 119-uy, 66-binoda joylashgan, umumiy maydoni 1478,5 kv. metrdan iborat bo‘lgan, federal ahamiyatga ega madaniy meros obyekti hisoblanadigan “Sovetskaya kultura” 66-sonli pavilonini (keyingi o‘rinlarda ― obyekt) ijara haqi yiliga 1 rossiya rubli miqdorida va obyekt egallab turgan hamda u bilan tarixan va vazifaviy bog‘liq, kadastr raqami 77:02:0018011:354 bo‘lgan yer uchastkasini (keyingi o‘rinlarda ― yer uchastkasi) 49 yil muddatga ijara haqi yiliga 1 rossiya rubli miqdorida ijaraga berilishini ta’minlaydi.
Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab uch oy muddatda Tomonlarning vakolatli tashkilotlari mazkur Bitimning 2-moddasida nazarda tutilgan shartlar asosida obyekt va yer uchastkasi uchun Rossiya Federatsiyasining qonunchiligiga muvofiq ijara shartnomalarini tuzadilar.
Mazkur Bitimning 11-moddasi qoidalariga muvofiq Bitimning amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda, Tomonlar kelgusi 49 yil muddatga xuddi shu shartlarda yangi ijara shartnomalarini tuzadilar.
Obyekt va yer uchastkasi faqat mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan maqsad uchun, ko‘rgazma-savdo faoliyatini amalga oshirish, ommaviy madaniy va konsert tadbirlarini tashkillashtirish, milliy oshxona restorani (kafe) ochish yo‘li bilan foydalaniladi.