Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ARXIVLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyundagi OʻRQ-252-sonli “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasidan chetga olib ketilgan hamda xalq boyligi boʻlgan arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish masalasi boʻyicha Oliy Majlis huzurida maxsus komissiya tuzilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
769-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 121-modda)