O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2017-yil 1-martdagi PQ-2807-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasining amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida:

LOYIHANI AMALGA OShIRIShNING ASOSIY PRINSIPLARI


1. Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ruda zaxiralari hisoboti Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni hisoblash.

2. Qimmatbaho, rangli va nodir metallarni qazib olishni ko‘paytirish natijasida mis katodi, oltin, kumush, rux va nodir metallarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish.

3. Odamlar va atrof muhitni ishlab chiqarishda yuzaga keladigan zaharli moddalar va gazlarning potensial zararli ta’siridan himoya qilish.

4. Yangi ish o‘rinlari yaratish orqali Olmaliq shahri va Toshkent viloyati aholisining bandligi darajasini oshirish.


LOYIHANI AMALGA OShIRIShNING KO‘RSATKIChLARI


1. Mis-molibden rudalari qazib chiqarish va qayta ishlashni yillik 35,0 mln tonnadan 100,0 mln tonnaga yetkazish.

2. Mis katodi ishlab chiqarishni 108,0 ming tonnadan 265,0 ming tonnaga yetkazish.

3. Oltin ishlab chiqarishni 15,0 tonnadan 31,0 tonnaga, kumush ishlab chiqarishni 96,0 tonnadan 169,0 tonnaga yetkazish.

4. Metallurgiya sohasi ilm-fani, zamonaviy texnologiyalar, malakali milliy kadrlarni tayyorlash orqali ishlab chiqarish quvvatlaridan xavfsiz foydalanish infratuzilmasini ta’minlash.


LOYIHANI AMALGA OShIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI


1. ”Yoshlik I” konini, 3-mis boyitish fabrikasini hamda mis eritish zavodi obyektlarini qurish, shu jumladan, mis boyitish fabrikasi va mis boyitish jarayonida hosil bo‘ladigan qoldiqlarni saqlash obyekti qurilishi uchun maydonni tanlash, mazkur obyektlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish.

2. Mis eritish zavodi quvvatlaridan foydalanishda atrof muhit muhofazasini va aholini himoya qilishni ta’minlash.

3. Arzon va iqtisodiy samarali xomashyo siklini tashkil etish, shu jumladan, uzoq muddatga ta’minlash, mis boyitish jarayonida hosil bo‘ladigan qoldiqlarini saqlash uchun sharoitlar yaratishni tashkil etish.

4. Metallurgiya sohasini uzoq muddatli rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan, qimmatbaho va rangli metallar ishlab chiqarish obyektlarini qurish va undan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun metallurgiya sohasi ilm-fani va texnologiyalarini rivojlantirish, mahalliy tashkilotlar tomonidan loyihaviy, konstruktorlik, ekologik va boshqa bilimlar hamda tajribani o‘rganish, bo‘lajak zavod va fabrikalarning referent texnologiyalarini tanlash uchun texnologiyalarning rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rganish.


LOYIHANI AMALGA OShIRIShNING ASOSIY USTUVOR YO‘NALIShLARINI AMALGA OShIRISh BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR


a) Loyihani amalga oshirish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari:

loyiha ofisini tashkil etish;

“Olmaliq KMK” AJ Kuzatuv kengashi qoshida Boshqaruv qo‘mitasini tashkil etish;

loyiha obyektlarining ekspluatatsiya faoliyatini ta’minlash;

mustaqil kompaniyalarni muhandis-maslahatchilar sifatida jalb qilish;

malakali kadrlar bilan ta’minlash;

b) Loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari:

“Yoshlik I” koni va yangi 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi (I bosqich);

mis eritish zavodi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish (II bosqich);

atrof muhit muhofazasini ta’minlash sohasidagi tadbirlar.


STRATEGIYANI AMALGA OShIRISh MONITORINGI VA NAZORATI


1-bosqichda Loyiha ofisi tomonidan “Olmaliq KMK” AJ Boshqaruvi oldida har haftada tezkor hisobot berilishi.

2-bosqichda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga har oyda hisobot berilishi.

3-bosqichda “Olmaliq KMK” rahbariyati tomonidan loyihani amalga oshirishning strategik va dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda hisobot berilishi.

Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2019-yil 26-sentabrdagi 21979-xh-son bayonnomasiga muvofiq “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish va joriy faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha Doimiy ishchi guruh tomonidan ham amalga oshiriladi.


2024 YILDA ERIShILADIGAN MAQSADLAR


Quyidagi yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi:

74,0 million tonna ruda qazib olish quvvatiga ega bo‘lgan kon;

60,0 million tonna rudani qayta ishlash imkoniyatga ega bo‘lgan yangi 3-mis boyitish fabrikasi;

275,0 ming tonna mis ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan mis elektrolizi sexi;

respublikaga har yili 265,0 ming tonna mis katodi, 31,0 tonna oltin va 169,0 tonna kumush yetkazib berish;

6000 tadan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratish.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

Yoshlik I konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish strategiyasining I-bosqichi

1.

Loyiha ofisi va Boshqaruv qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish.

2020-yil
1-iyulga qad�r

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

2.

Loyiha ofisi va Boshqaruv qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil
15-iyulga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

3.

Loyihaning I-bosqichida amalga oshiriladigan qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha, shu jumladan, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida “Yoshlik I” koni va infratuzilma obyektlari bo‘yicha shartnomalar tuzish.

2020-yil

21-sentabrga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allabergenov)

4.

Loyihaning I-bosqichi bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

2020-yil

9-oktabrga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

5.

Loyihaning I-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini Tarmoq ilmiy-texnik kengashida ko‘rib chiqish va kelishish.

2020-yil

30-oktabrga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

6.

Loyihaning I-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK ekspertizadan o‘tkazish.

2020-yil

10-noyabrga qadar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allabergenov),
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

7.

Loyihaning I-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil

1 dekabrga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

8.

Asbob-uskunalarni yetkazib berish va qurilish-montaj ishlarini bajarish.

2023-yil

20-sentabrga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov),

Qurilish vazirligi (Zokirov)

9.

Loyihaning I-bosqichi doirasida belgilangan obyektlarni foydalanishga topshirish.

2023-yil
25-dekabr

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

“Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish strategiyasining II-bosqichi

10.

Qurilish ishlarini bajarish, shu jumladan foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida Mis eritish zavodi obyektlarini qurilishi bo‘yicha shartnomlar tuzish.

2021-yil

1-mayga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allabergenov)

11.

Loyihaning II-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

2021-yil

4-iyunga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

12.

Loyihaning II-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini Tarmoq ilmiy-texnik kengashida ko‘rib chiqish va kelishish.

2021-yil

17-iyunga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

13.

Loyihaning II-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash.

2021-yil

10-avgustga qadar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allabergenov),
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

14.

Loyihaning II-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil

1-oktabrga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov),
Ishchi guruh (Ishmetov)

15.

Asbob-uskunalarni yetkazib berish va qurilish-montaj ishlarini bajarish.

2024-yil

20-avgustga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov),

Qurilish vazirligi (Zokirov)

16.

Loyihaning II-bosqichini foydalanishga topshirish.

2024-yil

1-dekabrga qadar

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)