Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 15.04.2020 yildagi PQ-4679-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasining qisqa muddat ichida global miqyosda tarqalishi deyarli barcha mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatning yomonlashuviga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi va boshqa xalqaro institutlar 2020-yilda jahon iqtisodiyotining pasayishini prognoz qilmoqda, karantin muddatlarining choʻzilishi tufayli ushbu prognozlar global ishlab chiqarish hajmlarining yanada pasayishi tarafiga oʻzgarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karantin davri Oʻzbekistonda asosan joriy yilning II choragiga toʻgʻri kelishi va shu davrda iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi Davlat budjeti barqarorligiga xavf tugʻdirmoqda. Shuning uchun kasallik tarqalishini maksimal darajada lokalizatsiya qilish va karantin muddatlari choʻzilib ketishining imkon qadar oldini olish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha muhim tadbirlarni, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiya va nafaqalar hamda ustuvor davlat dasturlarini oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan taqchilligi mavsumiy omillarni inobatga olgan holda asosan joriy yilning II choragiga toʻgʻri kelishi va koronavirus pandemiyasi oqibatida qoʻshimcha budjet xarajatlarining yuzaga kelishi tufayli taqchillikning ushbu chorakda yanada oshishi kutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va budjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim ijtimoiy xarajatlarning toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy faollik ahvoli tahlili va muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga koʻchirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturlarini bajarishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlarini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yoʻnaltirilganligini inobatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ichki va tashqi majburiyatlarining, shu jumladan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha majburiyatlarning toʻliq bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlarni mustaqil kamaytirish boʻyicha masʼuliyatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli darajadagi budjet tushumlarini, shuningdek, respublika budjetidan ajratilayotgan transfertlarni, aksiz soligʻi boʻyicha oʻtkazmalarni, budjet ssudalarini hamda boshqa mablagʻlarni birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga yoʻnaltirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarga, jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularni jihozlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal toʻlovlar va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni qoplashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga budjet ssudalarini muntazam ravishda ajratib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa tashkilot xodimlariga 2020-yilning 16-martidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoʻshimcha ustamalar toʻlash boʻyicha taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qoʻshimcha ravishda binolar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda jihozlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch kun muddatda barcha darajadagi budjetlarning barqarorligini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlarini maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil II choragi uchun rejalashtirilgan ayrim xarajatlarni 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkazish orqali karantin davrida barcha darajadagi budjetlarning barqarorligini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalari xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish xarajatlari bundan mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltirish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari joriy yil 1-avgustiga qadar budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarni toʻxtatsin, moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan ularning biznes-rejalarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan investitsiya dasturlari parametrlarining kuzatuv kengashlari tomonidan qayta koʻrib chiqilishi va oʻzgartirilishini taʼminlasin hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda koʻrib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalar va tashkilotlarda 2019-yil uchun olingan va 2020-yilda olinadigan sof foyda boʻyicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni toʻligʻicha Davlat budjetiga oʻtkazish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Vazirlar Mahkamasi joriy yil 1-iyuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, sud va prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamgʻarmalar uchun yagona mehnatga haq toʻlash tizimini tatbiq etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn besh kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan va qurilish-montaj ishlari boshlanmagan investitsiya loyihalarni tanqidiy koʻrib chiqib, ayrim loyihalarni kechiktirish boʻyicha tegishli qaror qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarni optimallashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi mazkur qarorda koʻzda tutilgan tadbirlarni bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4679-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4679/0441-son)