Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilarga:
2005-yil 25-noyabrda Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimiga;
2011-yil 19-mayda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2005-yil 25-noyabrdagi Bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnomaga qoʻshilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilganligi toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin ularning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlarni aniqlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-mart,
PQ-4646-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 07/20/4646/0360-son)