Joriy versiya | Hujjat 21.02.2022 sanasi holatiga | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qarori | qarori | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Respublikada fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida | Respublikada fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrin tutuvchi kimyo va togʻ-kon sanoatlari salohiyatini uzviy ravishda jadal oshirish, mavjud mineral-xomashyo bazasini qayta ishlash samaradorligini taʼminlagan holda strategik turdagi mahsulotlar mis, rux, fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrin tutuvchi kimyo va togʻ-kon sanoatlari salohiyatini uzviy ravishda jadal oshirish, mavjud mineral-xomashyo bazasini qayta ishlash samaradorligini taʼminlagan holda strategik turdagi mahsulotlar mis, rux, fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Quyidagilar: | 1. Quyidagilar: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Ammofos-Maksam” AJ negizida 2019 — 2024-yillar davomida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini kamida 100 ming tonnaga oshirish chora-tadbirlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini II bosqichda (I-bosqichda — 20 ming tonna, II-bosqichda — 80 ming tonna) modernizatsiya qilish orqali amalga oshirilishi belgilanganligi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Ammofos-Maksam” AJ negizida 2019 — 2024-yillar davomida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini kamida 100 ming tonnaga oshirish chora-tadbirlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini II bosqichda (I-bosqichda — 20 ming tonna, II-bosqichda — 80 ming tonna) modernizatsiya qilish orqali amalga oshirilishi belgilanganligi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga asosan “Navoiy KMK” DKning Qizilqum fosforit kombinatining mulk kompleksi qoldiq balans qiymatida “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilib, 100 foiz ulushi “Oʻzkimyosanoat” AJga qarashli “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tashkil etilganligi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga asosan “Navoiy KMK” DKning Qizilqum fosforit kombinatining mulk kompleksi qoldiq balans qiymatida “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilib, 100 foiz ulushi “Oʻzkimyosanoat” AJga qarashli “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tashkil etilganligi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga asosan 2026-yilgacha “Olmaliq KMK” AJga 2,9 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish va 2023-yilgacha mis ishlab chiqarish hajmini 28 foizga, rux ishlab chiqarish hajmini 75 foizga oshirish nazarda tutilganligi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga asosan 2026-yilgacha “Olmaliq KMK” AJga 2,9 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish va 2023-yilgacha mis ishlab chiqarish hajmini 28 foizga, rux ishlab chiqarish hajmini 75 foizga oshirish nazarda tutilganligi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda (keyingi oʻrinlarda — “Olmaliq KMK” AJ) mis va rux ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan oltingugurt kislotasining utilizatsiyasi “Ammofos-Maksam” AJda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida amalga oshirilishi hamda “Ammofos-Maksam” AJ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan fosforit xomashyosining asosiy isteʼmolchisi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. | “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda (keyingi oʻrinlarda — “Olmaliq KMK” AJ) mis va rux ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan oltingugurt kislotasining utilizatsiyasi “Ammofos-Maksam” AJda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida amalga oshirilishi hamda “Ammofos-Maksam” AJ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan fosforit xomashyosining asosiy isteʼmolchisi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJning ictisno tariqasida: | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJning ictisno tariqasida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga besh yil muddatga berish; | “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga besh yil muddatga berish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish takliflariga rozilik berilsin. | “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish takliflariga rozilik berilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Olmaliq KMK” AJ “Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin. | “Olmaliq KMK” AJ “Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. “Oʻzkimyosanoat” AJning “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 3. “Oʻzkimyosanoat” AJning “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. “Olmaliq KMK” AJ “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar “Ammofos-Maksam” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash va mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish” investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | 4. “Olmaliq KMK” AJ “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar “Ammofos-Maksam” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash va mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish” investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzkimyosanoat” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzkimyosanoat” AJning: | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzkimyosanoat” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzkimyosanoat” AJning: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini besh yil muddatga “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnoma tuzilishini; | “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini besh yil muddatga “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnoma tuzilishini; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitali “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi ulushining balans qiymatiga kamaytirilishini; | “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitali “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi ulushining balans qiymatiga kamaytirilishini; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulush nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilishini taʼminlasin. | “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulush nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilishini taʼminlasin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bunda quyidagi asosiy shartlar nazarda tutilsin: | Bunda quyidagi asosiy shartlar nazarda tutilsin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
a) “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga besh yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnomada: | a) “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga besh yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnomada: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Ammofos-Maksam” AJ va “Olmaliq KMK” AJ kelishilgan menejmentni va yagona texnik siyosatni amalga oshirishi; | “Ammofos-Maksam” AJ va “Olmaliq KMK” AJ kelishilgan menejmentni va yagona texnik siyosatni amalga oshirishi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Ammofos-Maksam” AJga olti oy muddatda investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda zarur mablagʻlarni, jumladan, “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida Xitoy, Rossiya, Yevropa va boshqa banklarning kredit mablagʻlarini jalb qilish; | “Ammofos-Maksam” AJga olti oy muddatda investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda zarur mablagʻlarni, jumladan, “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida Xitoy, Rossiya, Yevropa va boshqa banklarning kredit mablagʻlarini jalb qilish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Ammofos-Maksam” AJning ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash maqsadida, zarur hollarda, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tegishli muhandislar, texnik mutaxassislar va texnika vositalarini operativ tarzda pullik shartnoma asosida jalb qilish; | “Ammofos-Maksam” AJning ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash maqsadida, zarur hollarda, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tegishli muhandislar, texnik mutaxassislar va texnika vositalarini operativ tarzda pullik shartnoma asosida jalb qilish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
b) “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulushni nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish shartnomasida: | b) “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulushni nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish shartnomasida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning faoliyat turini va mavjud ish oʻrinlarini saqlagan holda, bir yil muddatda jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash; | “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning faoliyat turini va mavjud ish oʻrinlarini saqlagan holda, bir yil muddatda jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
ikki oy muddatda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning kon texnikasi va texnologik uskunalarini bosqichma-bosqich yangilagan holda, ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha biznes-rejani ishlab chiqib amalga oshirish; | ikki oy muddatda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning kon texnikasi va texnologik uskunalarini bosqichma-bosqich yangilagan holda, ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha biznes-rejani ishlab chiqib amalga oshirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini birinchi yili 80 foizgacha, ikkinchi yili 100 foizga yetkazish (yiliga 716 ming tonna yuvib kuydirilgan fosforit konsentrati) hamda “Indorama Kokand Fertillizers” AJ va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq fosforit xomashyosini barqaror yetkazib berish; | “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini birinchi yili 80 foizgacha, ikkinchi yili 100 foizga yetkazish (yiliga 716 ming tonna yuvib kuydirilgan fosforit konsentrati) hamda “Indorama Kokand Fertillizers” AJ va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq fosforit xomashyosini barqaror yetkazib berish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan zarur muhandislar, texnik mutaxassislar hamda texnika vositalari va uskunalarni belgilangan tartibda yetkazib berish; | “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan zarur muhandislar, texnik mutaxassislar hamda texnika vositalari va uskunalarni belgilangan tartibda yetkazib berish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ texnologik jarayonini, uskuna va texnika vositalarini modernizatsiyalash uchun Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida uch oy muddatda zarur miqdorda kredit mablagʻlarini jalb qilish. | “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ texnologik jarayonini, uskuna va texnika vositalarini modernizatsiyalash uchun Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida uch oy muddatda zarur miqdorda kredit mablagʻlarini jalb qilish. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Maxkamasining Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi J.T. Mirzamaxmudov, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin. | 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Maxkamasining Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi J.T. Mirzamaxmudov, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2020-yil 4-mart, | 2020-yil 4-mart, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
120-son | 120-son | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 120-son qaroriga ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 120-son qaroriga ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Oʻzkimyosanoat” AJning “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish boʻyicha | “Oʻzkimyosanoat” AJning “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish boʻyicha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
ChORA-TADBIRLAR DASTURI | ChORA-TADBIRLAR DASTURI | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|