Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024 05.02.2020 yildagi 62-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrsida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston sportchilarining 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga, nufuzli jahon va qitʼa sport musobaqalariga puxta tayyorgarlik koʻrishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda ilgʻor texnologiyalarni sport tayyorgarlik jarayoniga keng tatbiq qilish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Moliya vazirligining Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Markaz Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorlashga koʻmaklashuvchi, ularning sport mahoratini oshirish va jismoniy holatini qayta tiklash ishlarini ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy taʼminlash hamda ilmiy-uslubiy kuzatib borish faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining musobaqa va mashgʻulotlarni rejalashtirishni hisobga olgan holda sportchining individual sport jismoniy yuklamasini tekshirish va maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning tegishli turi boʻyicha respublika sport federatsiya (uyushma)lari sportchilarining xalqaro musobaqalarda qatnashishga psixologik tayyorgarligini, shuningdek, zarur psixologik korreksiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari sporchilarining mashgʻulot yuklamalarini tahlil qilish, kutilayotgan sport natijalariga erishishga qaratilgan sport tayyorgarligini rejalashtirish va dasturlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport terma jamoalari aʼzolarini sport musobaqalariga, xususan olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish amaliyotiga mashq va musobaqalar samaradorligi hamda sportchilarda sport mahoratining oʻsishiga xizmat qiluvchi zamonaviy innovatsiya texnologiyalari va uslublarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tayyorgarligi davomida sportchilarning funksional holatini uzluksiz monitoring qilish hamda sport musobaqalarida ishtirok etish natijalarini jamoaviy va shaxsiy jihatdan baholash tizimini yaratish boʻyicha yagona yondashuvni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini va ularning jismoniy tayyorgarligini oʻrganish, sport sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bagʻishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yigʻilishlar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya va boshqa institutlar kreditlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun oʻz mablagʻlaridan foydalanish huquqiga ega ekanligi inobatga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining ish haqi va ularni moddiy ragʻbatlantirish, malakali xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etish, Markaz rahbariyati va xodimlarini xorijga xizmat safarlariga yuborish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, Markazning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markazga yuklangan vazifalarni hal etish va uning faoliyatini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
(4-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Markazning fan, texnologiya va innovatsiya orqali sportda yuksak natijalarga erishish, sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini va ularning jismoniy tayyorgarligini oʻrganish, sport sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish uchun har yili davlat buyurtmasini tasdiqlashda ushbu loyihalarga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan grantlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Markazni joylashtirish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga mustaqil ekspertlarni jalb etish orqali ishchi guruh tuzgan holda ikki oy muddatda belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tarkibida sportchilarni sport musobaqalariga tayyorlash, ularning sport mahoratini oshirish, sportchilarning tayyorgarligini (jismoniy, texnik-taktik, funksional, psixologik) oʻrganish boʻyicha ilmiy-kompleks laboratoriyalar va axborot-tahliliy boʻlimlarni nazarda tutgan holda uning tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy sport asbob-uskunalari va anjomlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 09/20/62/0126-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)