17.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3211
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qarori, 17.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3211
Kuchga kirish sanasi
17.01.2020
Joriy versiya
Hujjat 21.12.2022 sanasi holatiga
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining

Qarori
Qarori
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3211]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2019-yil 17-dekabr,
2019-yil 17-dekabr,
11-son
11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-dekabrdagi 11-son qaroriga
ILOVA

Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi

NIZOM
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibini belgilaydi.

1-bob Umumiy qoidalar

1-bob Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi (bundan buyon matnda kadastr muhandisi deb yuritiladi) — rieltorlik tashkiloti bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs;

talabgor — kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʻlgan jismoniy shaxs;

malaka imtihoni — kadastr muhandisiga quyilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirishga yoʻnaltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan imtihon;

malaka shahodatnomasi — malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorning malakasini tasdiqlovchi hujjat;

2. Malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan bepul beriladi.

3. Kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha tayyorlash Agentlikning Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

4. Geodeziya va yer kadastri boʻyicha oliy maʼlumotga ega yoki kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha taʼlim olgan talabgorlar malaka imtihonini topshirishga qoʻyiladilar.

Bunda, talabgor geodeziya va yer kadastri boʻyicha oliy maʼlumotga egaligidan yoki kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha taʼlim olganligidan qati nazar, geodeziya va yer kadastri boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlishi lozim.

5. Kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi. Bunda, kadastr muhandisi oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun rieltorlik tashkiloti bilan mehnat shartnomasi tuzadi.

6. Kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida shartnoma asosida quyidagi kadastr xizmatlarini koʻrsatadi:

koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish (birlamchi kadastr hisobi bundan mustasno);

koʻchmas mulk obyektlarining qavatma-qavat rejalarini tuzish;

koʻchmas mulk obyektlari texnik rejalarini rasmiylashtirish;

koʻchmas mulk obyektlarini texnik hisobga qoʻyish.

2-bob. Malaka imtihonini topshirish tartibi

7. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda Malaka imtihoni komissiyasi tashkil qilinadi.

Agentlik direktori Malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.

Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi Agentlikning masʼul xodimlari va Davlat kadastrlari palatasining masʼul vakillari orasidan shakllantiriladi.

8. Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi va doimiy hisoblanmaydi.

9. Malaka imtihoni komissiyasi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.

10. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Agentlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani taqdim etadi.

11. Talabgor taqdim etgan hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlishi zarur.

12. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan ariza talabgor tomonidan Agentlikka shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali topshiriladi.

13. Agentlik ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.

14. Agentlik quyidagi asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:

talabgor mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;

talabgor notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilgani aniqlanganda.

Boshqa asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

15. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda Agentlik tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgor rad etish sabablari koʻrsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.

16. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan talabgor rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishi mumkin.

17. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganida talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi va roʻyxat malaka imtihoni boshlanishidan oldin Malaka imtihoni komissiyasiga topshiriladi.

18. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgor malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin mobil telefoni (mavjud boʻlganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi.

19. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati hamda malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumot uni oʻtkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmay Agentlik va Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

20. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, lekin ikki oyda kamida bir marotaba oʻtkazilishi lozim.

21. Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi, ish reglamenti, shuningdek test savollari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.

22. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.

23. Talabgor pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda imtihonga qoʻyilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.

24. Malaka imtihoniga kechikkan talabgor navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi va bu haqda mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.

25. Agarda talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunday hollarda, talabgor malaka imtihonidan oʻtish uchun qaytadan ariza bilan murojaat qilishi lozim.

26. Malaka imtihoni test sinovi usulida, kompyuter texnikasidan foydalangan holda, talabgorning tanloviga koʻra oʻzbek yoki rus tilida oʻtkaziladi.

27. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida uni oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda ovozli videoyozuvga tushiriladi.

28. Test savollari va ularning javoblari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining takliflarini hisobga olgan holda kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi asosida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ishlab chiqiladi.

29. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Agentlik va Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.

30. Test sinovi geodeziya va yer kadastri yoʻnalishi boʻyicha 75 ta savoldan iborat boʻladi.

Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun bir soat vaqt taqdim etiladi.

31. Test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.

Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovlari oʻtkaziladigan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.

32. Malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab uch kun ichida Malaka imtihoni komissiyasining test sinovi natijalari qayd etilgan bayonnomasi rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

33. Malaka imtihoni natijalari hamda Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi Davlat kadastrlari palatasining masʼul xodimida saqlanishi lozim.

34. Malaka imtihoni natijalari Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtirilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.

35. Talabgorning toʻgʻri javoblar boʻyicha yakuniy natijasi 70 foiz va undan yuqori koʻrsatkichni tashkil qilgan boʻlsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.

36. Toʻgʻri javoblar boʻyicha yakuniy natijasi 70 foizdan past boʻlgan talabgor malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.

37. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgorlar uni navbatdagi malaka imtihonida takroran topshirish huquqiga ega, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

38. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga malaka shahodatnomasi beriladi.

3-bob. Apellatsiyani koʻrib chiqish tartibi

39. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgor imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida Agentlikka apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etilishi lozim.

40. Agentlik bir haftalik muddatda apellatsiyani koʻrib chiqadi va talabgorga qabul qilingan qaror haqida u qabul qilingan kunda yozma ravishda xabar beradi.

41. Apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Agentlik tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

apellatsiyani qanoatlantirish va talabgorni malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblash toʻgʻrisida;

malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.

42. Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror apellatsiyada koʻrsatilgan asoslar oʻz tasdigʻini topmagan hollarda qabul qilinadi.

43. Agentlikning qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.

4-bob. Malaka shahodatnomasini rasmiylashtirish va berish

44. Malaka shahodatnomasi talabgorning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankada mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va Toshkent shahar va Toshkent viloyatining barcha hududlarida amal qiladi.

45. Malaka shahodatnomasining blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi va Agentlik buyurtmasiga asosan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.

46. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka shahodatnomasi Agentlik tomonidan Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi olinganidan boshlab besh kun ichida rasmiylashtiriladi va Kadastr muhandislari reyestriga imzo qoʻyilgan holda talabgorga beriladi.

47. Agar talabgor malaka shahodatnomasini u rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch oy ichida olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda bosh tortsa, Agentlik mazkur shahodatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.

5-bob. Malaka shahodatnomasini qayta rasmiylashtirish

48. Kadastr muhandisining familiyasi yoki ismi yohud otasining ismi oʻzgargan taqdirda, u tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan boshlab bir oy ichida Agentlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Bunda, arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan malaka shahodatnomasining asl nusxasi bilan birga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.

49. Malaka shahodatnomasining qayta rasmiylashtirilishi kadastr muhandisi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh kun ichida amalga oshiriladi.

50. Yangi blankada qayta rasmiylashtirilayotgan malaka shahodatnomasining raqami qayd qilinadi. Ilgari berilgan malaka shahodatnomasi blankasi Agentlikda qoldiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.

6-bob. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish va uni bekor qilish

54. Malaka shahodatnomasining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish Agentlikning tegishli qaroriga asosan amalga oshiriladi.

55. Quyidagilar malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi:

kadastr muhandisining arizasi;
kadastr muhandisining arizasi;
kadastr muhandisi faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablarini qastdan buzish;

koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish (birlamchi kadastr hujjatlari bundan mustasno), ularning qavatma-qavat rejalarini tuzish, texnik rejalarni rasmiylashtirish, shuningdek ularni texnik hisobga qoʻyish ishlarini amalga oshirishda qastdan notoʻgʻri xulosa (maʼlumot) berish;

fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori.

56. Malaka shahodatnomasining amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi.

57. Malaka shahodatnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

Agentlikning malaka shahodatnomasini berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;

malaka shahodatnomasi soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.

58. Malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka shahodatnomasi berilgan sanadan boshlab amal qiladi.

59. Qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani uchun malaka shahodatnomasi bekor qilingan yoki malaka shahodatnomasining amal qilishi tugatilgan kadastr muhandisiga, u bekor qilingan yoki amal qilishi tugatilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida takroran malaka shahodatnomasi berilmaydi.

60. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

61. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunning oʻzida tegishli kadastr muhandisi va rieltorlik tashkilotiga uning nusxasi yuboriladi.

62. Kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab oʻn kun ichida oʻzining shahodatnomasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun Agentlikka qaytarishi lozim.

63. Malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

7-bob. Kadastr muhandislari reyestri
7-bob. Kadastr muhandislari reyestri
64. Agentlik tomonidan Kadastr muhandislari reyestri yuritiladi va unda kadastr muhandislarining quyidagi maʼlumotlari qayd etiladi:

kadastr muhandisining familiyasi, ismi, otasining ismi;

malaka shahodatnomasi raqami, berilgan sana;

malaka shahodatnomasi olingan sana;
malaka shahodatnomasi olingan sana;
malaka imtihonida qayd etilgan natija;
malaka imtihonida qayd etilgan natija;
malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki amal qilishini tugatish, qayta rasmiylashtirish haqidagi maʼlumotlar.

65. Kadastr muhandislari reyestri elektron shaklda yuritiladi.

Kadastr muhandislari reyestrining shakli Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.

66. Kadastr muhandislari reyestriga kiritilgan maʼlumotlardan ochiq foydalanilishi mumkin.

Kadastr muhandislari reyestri Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

8-bob. Yakuniy qoidalar
8-bob. Yakuniy qoidalar
67. Mazkur Nizomni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

68. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

69. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.Bekenov

2019-yil 13-dekabr,
2019-yil 13-dekabr,
Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov
Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov
2019-yil 16-dekabr,
2019-yil 16-dekabr,
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga
_________________________________________________________________________da yashovchi

(yashash manzili)

______________________________________________________________________________dan

(ariza beruvchi F.I.O)

_________________________________________________________________________________

(aloqa telefoni)

(elektron manzili)

ARIZA

Menga koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish uchun malaka imtihonini topshirishga/qayta rasmiylashtirishga* ruxsat berishingizni soʻrayman.

20 __ yil “____” _______________
Shaxsiy imzo __________________

*Izoh: arizaning turidan kelib chiqib kerakli soʻzlarning tagiga chizing.
*Izoh: arizaning turidan kelib chiqib kerakli soʻzlarning tagiga chizing.
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

NAMUNA

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

KADASTR MUHANDISINING MALAKA ShAHODATNOMASI

______________-son

Rasm
‎uchun joy

20 __ yil “___” ____________

Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan

_________________________________________________________________________________ga

(kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olgan shaxsning F.I.O)

__________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)

Malaka imtihon komissiyasining 20__ yil “__”_______dagi qaroriga asosan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi berildi.

____________________________________

(vakolatli shaxsning F.I.O)

‏QR-kod