Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2022 13.12.2019 yildagi O‘RQ-594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 24-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi 1054-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 10, 270-modda; 2012-yil, № 12, 334-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 10, 671-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega boʻlgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan kreditorlar guruhi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sud sanatsiyasi — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish va uning kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga oʻtkazmagan holda iqtisodiy sud tomonidan qoʻllaniladigan toʻlov qobiliyatini tiklash taomili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda iqtisodiy sud tomonidan qoʻllaniladigan toʻlov qobiliyatini tiklash taomili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatishga doir ish yuritish — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini eʼlon qilish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan taomil”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“toʻlov qobiliyatini tiklash taomili — iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni oʻz ichiga oladigan hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga qaratilgan tashkiliy-xoʻjalik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi taomil”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn oltinchi — yigirmanchi xatboshilari tegishincha oʻn yettinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir emasligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tegishli majburiyatlar va (yoki) toʻlov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa — olti oy ichida bajarilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravarini tashkil etsa, qarzdorning bankrotlik alomatlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqilayotganda qoʻllanilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor va kreditor bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizada qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir taomillarni qoʻllash zarurligini koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi va uning hududiy organlari ega”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda, qarzdor bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdor yuridik shaxs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoxud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida bankrotlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10-modda. Kreditorlar va kreditorlarning yigʻilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini ushbu Qonunga muvofiq tuziladigan kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi. Iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan paytdan eʼtiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini qanoatlantirish maqsadida yakka tartibda murojaat qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamma kreditorlar nomidan qarzdorga nisbatan barcha harakatlar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning oʻzi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;

kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarini saylash, qoʻmitaning miqdoriy tarkibini belgilash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror;

sud sanatsiyasining rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini maʼqullash haqidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishi, basharti unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlar hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yigʻilishda oʻz vakillari orqali ham ishtirok etishi mumkin. Kvorum mavjud boʻlmagan taqdirda, oʻn kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, basharti yigʻilishni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, takroriy yigʻilish hozir boʻlgan kreditorlarning sonidan qatʼi nazar, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi guruh — qarzdorning garov bilan taʼminlangan majburiyatlari boʻyicha kreditorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan taʼminlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek majburiy sugʻurta va bank kreditlarini sugʻurtalash shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha kreditorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi guruh — majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi guruh — mehnat shartnomalariga koʻra mehnatga haq toʻlash va kompensatsiyalar toʻlash boʻyicha, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi toʻlovlar hamda talablar boʻyicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari boʻyicha kreditorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar boʻyicha qarzdorning aksiyalari egalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishida ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishida ushbu modda beshinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditor oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yigʻilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek bankrotlik taomilini amalga oshirish chogʻida sud boshqaruvchisi uning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi boʻlsa, kreditorlar yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishida bayonnoma yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra kreditorlarning talablari reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilarining roʻyxatga olish varaqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda vakolatli organlar tegishli tarzda xabardor etilganligining dalillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berish byulletenlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud boshqaruvchisining ixtiyoriga koʻra yoki kreditorlar yigʻilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran ikki kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga topshirilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha kreditorlar yigʻilishining qarori yigʻilishda hozir boʻlgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir kreditor kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra umumiy kreditorlik qarzidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan barcha kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kreditorlarning yigʻilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarning zarur kvorumi boʻlmasa, kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, ushbu takroriy yigʻilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va yigʻilishda hozir boʻlgan kreditorlar sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar kreditorlar yigʻilishining qarori ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish chogʻida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozlari soni toʻplanmagan taqdirda, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 15-moddaning sakkizinchi qismidagi “maslahat ovozi huquqi bilan” degan soʻzlar “ovoz berish huquqisiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda tugatishga doir ish yuritish taomili qoʻllaniladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 49-moddadagi “ikki oylik” degan soʻzlar “bir oylik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 57-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga nisbatan korxonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 65-moddaning birinchi qismi va beshinchi qismining ikkinchi jumlasi “bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi” degan soʻzlardan keyin “yoxud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 67-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi”;

beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;

14) 78-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud sanatsiyasi koʻpi bilan yigirma toʻrt oy muddatga joriy etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi qarzdor bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni toʻxtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yoki qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma toʻrt oy ichida tuzilgan shartnomalarni bekor qilishni quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda talab qilish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar yetkazsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini taʼminlovchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan va qarzdor uchun faqat uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga moʻljallangan boʻlsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 82-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chogʻida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozi toʻplanmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha beshinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) 84-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“84-modda. Sanatsiya rejasiga va qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor sanatsiya rejasini va (yoki) qarzni uzish jadvalini bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan hajmlarda uzilmaganda), u qarzni uzish jadvaliga kiritish moʻljallanayotgan oʻzgartirishlarni maʼqullash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan talablarni bajarish sanasi boshlangan paytdan eʼtiboran ikki hafta muddat ichida kreditorlarga murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki haftadan kechiktirmay shu iltimosnoma asosida kreditorlar yigʻilishini chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining sanatsiya rejasiga va (yoki) qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhdagi kreditorlarning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, kreditorlar yigʻilishi qarzni uzish jadvalidagi oʻzgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida oʻz vaqtida xabar qilinmagan va qarzni uzish jadvali iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishga qoʻshilgan kreditorning talablari yoki majburiyatlarni bajarish muddati kuzatuv jarayonida boshlangan talablar iqtisodiy sudning ajrimiga koʻra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sud faqat kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) 91-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan boʻlsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi boshqaruv, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga koʻra iqtisodiy sud tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati oʻttiz oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud sanatsiyasi joriy etilgan sanadan to iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi masalani koʻrib chiqishigacha oʻn sakkiz oydan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) 98-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi qarzdor bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni toʻxtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashqi boshqaruvchi qarzdor bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni faqat barcha taraflar tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda rad etishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) 103-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin yoki bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma toʻrt oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini toʻlash (ajratib berish) bilan bogʻliq boʻlgan bitim tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, shunday bitim boʻyicha olingan barcha mol-mulk (pul mablagʻlari) esa qarzdorga qaytariladi. Bunday holda ishtirokchi ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq toʻrtinchi navbatdagi kreditor deb eʼtirof etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish jarayonida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chogʻida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozlari toʻplanmasa, iqtisodiy sudga qarzdorni bankrot deb topish va tugatish toʻgʻrisida ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruv rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) 124-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatishga doir ish yuritish muddati toʻqqiz oydan oshishi mumkin emas. Zarurat boʻlganda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra yoki iqtisodiy sudning tashabbusi bilan bu muddat koʻpi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy sud ishini yuritishda qarzdor yuridik shaxsning yoki uning kreditorlarining mulkiy manfaatiga daxl qiluvchi ishning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor yuridik shaxsning realizatsiya qilinmagan mol-mulki mavjudligi, bundan ushbu Qonunning 56-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish, qarzdorning mansabdor shaxslari tomonidan qarzdor yuridik shaxsning va uning kreditorlarining manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar yoki jinoyatlar sodir etilganligi alomatlari boʻyicha jinoyat ishining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatish boshqaruvchisining tugatish taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini tasdiqlash rad etilganligi toʻgʻrisidagi iqtisodiy sudning ajrimida koʻrsatilgan qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish zarur boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorida qarzdor yuridik shaxs faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditorlar yigʻilishining va (yoki) tegishli davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga koʻra tugatishga doir ish yuritish qarzdorning faoliyatini toʻxtatmasdan amalga oshirilishini koʻrsatishi mumkin. Bunda qarzdor yuridik shaxsning bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzilgan va faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan shartnomalarini bajarishni toʻxtatishga yoki ularni bajarishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan alohida kreditor yoki boshqa shaxs bilan tuzilgan bitim, agar bunday bitim bir kreditorning boshqa kreditor oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha talablarini afzalroq tarzda qanoatlantirishga olib kelsa, tugatish boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish taomili, agar ikki hisobot choragi yakunlariga koʻra faoliyatdan ketma-ket zarar koʻrilgan boʻlsa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, iqtisodiy sud qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirishni bekor qilishi va tugatishga doir ish yuritishning umumiy taomiliga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tugatishga doir ish yuritish bilan bogʻliq boʻlgan joriy xarajatlarni moliyalashtirish uchun kreditorlar yigʻilishi bilan kelishuvga muvofiq kreditlar olish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) 156-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-594-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)