Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.1998 15.07.1996 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA TAʼLIM MUASSASALARINI DARSLIKLAR VA OʻQUV QOʻLLANMALARI BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz taʼlim tizimini darsliklar va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1998-yil 5-yanvardagi 4-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari uchun yangi darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash va nashr etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2000-yilgacha respublika taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash va nashr etish istiqbol rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat Matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 1-sentabrgacha yangi oʻquv adabiyotlari nashr etish istiqbol rejasini aniqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv adabiyotlarini yaratishga yuqori malakali mutaxassislarni, yetakchi pedagoglarni va taniqli olimlarni jalb etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar yaratganlik uchun mehnat haqi toʻlash toʻgʻrisida Nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi darsliklar uchun har ikki yilda bir marta beriladigan, har birining miqdori 40 ta eng kam oylik ish haqidan iborat boʻlgan ikkita respublika mukofotini, ularning bittasini gumanitar fanlar boʻyicha va bittasini tabiiy fanlar boʻyicha darsliklar uchun taʼsis etsinlar, bunda mukofotlarni darsliklar koʻp marta qayta nashr etilgan taqdirda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklarga hamda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun darsliklarga alohida-alohida bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan mukofotlarni berish boʻyicha respublika komissiyalarini bir oy muddatda tuzsinlar. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tegishli ravishda komissiyalar raislari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi taʼlim muassasalari uchun oʻz mablagʻlari hisobiga yaratiladigan yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va dasturlarini Ekspertizadan oʻtkazish idoralararo komissiyasini tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng yaxshi darsliklarga respublika mukofotlari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat matbuot qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 1-aprelgacha keyingi yil uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etish boʻyicha buyurtmani aniqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqitish rus, qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman tillarida olib boriladigan maktablar uchun oʻquv adabiyotlari tayyorlash tahririyatlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv adabiyotlari nashr etish boʻyicha buyurtmaning har yili 1-iyungacha toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taʼlim muassasalariga darsliklar va boshqa oʻquv adabiyotlari yetkazib berganlik uchun hisob-kitob qilishga budjetda nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar oʻquv adabiyotlari nashr etish uchun talab qilinadigan qogʻoz, matbaachilik materiallari va asbob-uskunalari sotib olishga, shuningdek respublika tashqarisidan olinadigan ayrim darsliklar turlariga Davlat matbuot qoʻmitasi tomonidan sarflanadigan valyutaning birinchi navbatda konvertatsiya qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet prognozlarini ishlab chiqishda eng yaxshi darsliklar uchun respublika mukofotlari toʻlashga mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 15-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252-son