03.10.2019 yildagi PF-5841-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda qadimiy va boy tariximiz, milliy oʻzligimiz, betakror qadriyat va anʼanalarimiz timsoli boʻlgan xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ushbu yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va shu asosda Oʻzbekistonning bu sohadagi ulkan salohiyat va imkoniyatlarini dunyoga namoyon etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda hunarmandchilik sanʼati xalqimiz kundalik hayotidan tobora mustahkam oʻrin egallamoqda. Mamlakatimizda har yili mazkur yoʻnalishda yuzdan ziyod festival va yarmarkalar, savdo koʻrgazmalari va boshqa tadbirlar oʻtkazilayotgani ham shundan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabzda maqom, Termizda baxshichilik sanʼatiga bagʻishlangan xalqaro festivallar, Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar”, Margʻilonda “Atlas bayrami” anjumanlari oʻtkazib kelinayotgani, ularda dunyoning koʻplab davlatlaridan madaniyat va sanʼat namoyandalari, bu yoʻnalishda oʻzining ilmiy ishlari, amaliy faoliyati bilan tanilgan olimlar va mutaxassislar ishtirok etayotgani diqqatga sazovordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yil 10 — 15-sentabr kunlari Qoʻqon shahrida YUNESKO shafeligida birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkazilgani, Jahon hunarmandlar tashkiloti tomonidan ushbu shaharga “Jahon hunarmandlari shahri” maqomi berilgani oʻzbek xalq amaliy sanʼatining xalqaro miqyosdagi yuksak eʼtirofi boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon xalq amaliy sanʼatini, uning ajralmas qismi boʻlgan oʻzbek milliy hunarmandchiligini asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan ana shunday ezgu ishlar ushbu bebaho boylikni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, bu yoʻldagi saʼy-harakat va imkoniyatlarimizni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu omillarning barchasini eʼtiborga olib hamda mamlakatimizda xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish, uning milliy qadriyatlarimiz davomiyligini saqlash, ularni keng targʻib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi oʻrnini va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Fargʻona viloyati hokimligining har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalini (keyingi oʻrinlarda — festival) hamda festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy-amaliy konferensiya) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) festivalning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning milliy hunarmandchilik anʼanalarini davom ettirish, hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, boy madaniy merosini dunyo hamjamiyati oʻrtasida targʻib etish va shu orqali jahondagi turli milliy madaniyat va qadriyatlarni yaqinlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati sohasining xalqaro obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash, “Qoʻqon — Jahon hunarmandchilik shahri” brendini keng targʻib etish hamda mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon xalq amaliy sanʼatini asrab-avaylash va rivojlantirish, ushbu bebaho boylikni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish hamda bu yoʻldagi saʼy-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilimlar bilan birga, xalq amaliy sanʼatining nazariy va amaliy jihatlarini puxta egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandchilik sohasidagi muammolarni xorijiy olimlar, ekspert va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilish hamda bu borada nazariy va amaliy tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandchilik yoʻnalishida foydalanilmayotgan imkoniyat va resurslarni aniqlab, sohani rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandchilik sohasida madaniy va tarixiy jihatdan chuqur izlanishlar olib borish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish va amalga oshirilayotgan tadqiqotlar natijalarini ommalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, festival va ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladigan yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Fargʻona viloyati hokimligining takliflari asosida ushbu tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan tashkiliy chora-tadbirlarni koʻzda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) festival va ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga munosib tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha manzilli “yoʻl xaritasi”ni tegishli yil fevral oyida ishlab chiqib, amalga oshirish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) festivalga iqtidorli hunarmandlar va isteʼdodli yoshlarni jalb etish maqsadida “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi koʻrgazma va koʻrik-tanlovlarni tashkil etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — tuman (shahar)lar boʻyicha festival va ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladigan yilning aprel oyida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha festival va ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladigan yilning iyun oyida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda festival va ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladigan yilning fevral oyida ushbu tadbirlarning maqsad va vazifalarini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida festival va ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi rahbar va mutasaddilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov — festival va ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha koʻzda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov) — tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ularni uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati hokimligi (Sh. Gʻaniyev) — Qoʻqon shahrida keng koʻlamdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, festival va ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladigan maydon va hududlarni talab darajasida tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Fargʻona viloyati hokimligi (Sh. Gʻaniyev) — festival va ilmiy-amaliy konferensiya qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) — tadbirlarning tantanali ochilish marosimini tashkiliy va badiiy jihatdan har tomonlama puxta tayyorlash uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, usta hunarmandlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh sanʼatkorlarni keng jalb etishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekkino” milliy agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda festivalni targʻib qiladigan qisqa va toʻliq metrajli hujjatli filmlarni ishlab chiqsin va ularning namoyish etilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qurilish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi Margʻilon va Qoʻqon shaharlarini 2020 — 2022-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturda 2021-yilda festivalni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha zarur infratuzilma obyektlarini, shu jumladan, zamonaviy mehmonxona qurilishini inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish borasidagi huquqiy bazani mustahkamlash maqsadida, uch oy muddatda tajribali hunarmandlarni jalb etgan holda, xorijiy tajribani oʻrganib, Oʻzbekiston Respublikasining “Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunini qabul qilish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 3-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5841-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 06/19/5841/3855-son)