Bir Tomon davlatining mazkur Bitimning 1-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolari boshqa Tomon davlatining qonunchiligi va qoidalariga, shu jumladan, xorijiy fuqarolarning kirish, chiqish va bo‘lib turish tartibiga rioya qilishlari lozim.
Bir Tomon davlatining mazkur Bitimning 1-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolari boshqa Tomon davlati hududi bo‘ylab xalqaro yo‘lovchi qatnovi uchun ochiq bo‘lgan yoki ikkala Tomon o‘rtasida kelishilgan o‘tkazish punktlari orqali kiradilar, chiqadilar va tranzit o‘tadilar.
Mazkur Bitimga Tomonlarning o‘zaro roziligiga ko‘ra uning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur Bitimning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.