“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-I-son) 99-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son va Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2019-yildagi asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 40-176-son qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son va Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2019-yildagi asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 40-176-son qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.