Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022 17.07.2019 yildagi 596-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi va maxsus unvonga ega xodimlarining jamoat tartibini saqlash va qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlashdagi faoliyatining tezkorligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish hamda Milliy gvardiyaning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari va maxsus unvonga ega xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi oʻrinlarda Milliy gvardiya deb ataladi), “Oʻzavtosanoat” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Milliy gvardiyaning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda oʻrnak koʻrsatgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchi deb ataladi) va maxsus unvonga ega xodimlariga (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb ataladi) mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini (keyingi oʻrinlarda avtotransport vositalari deb ataladi) sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Milliy gvardiya tomonidan beriladigan taqdimnomalarga muvofiq Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlariga yiliga 300 tagacha avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit muddati — 5 yilgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining kamida 20 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha foiz stavkasi — 2019-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasida amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 2 (ikki) foiz miqdorida. 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil belgilanadigan stavkalarda beriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha taʼminot — kredit boʻyicha sotib olinadigan avtotransport vositasini garovga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditning boshqa shartlari mazkur bankning kredit siyosati va amaldagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzavtosanoat” AJga Milliy gvardiyaning taqdimnomalari boʻyicha Milliy gvardiyaning avtotransport vositalarini sotib olishni xohlovchi harbiy xizmatchilari va xodimlariga banklarning kreditlari hisobiga ushbu avtotransport vositalarini sotib olishda koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit olishga tavsiya etiladigan harbiy xizmatchi va xodimlarni tanlab olish hamda taqdimnomalar berish mezonlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida kreditlarni olish shartlari va tartibi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri D.A. Kuchkarov va Milliy gvardiya qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
596-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2019-y., 09/19/596/3442-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)