17.06.2019 yildagi 503-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi amaldagi bitimlar samarali amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ularni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4142-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” AJning quyidagi amalga oshirilayotgan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar (keyingi oʻrinlarda Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar deb ataladi) boʻyicha funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Gas Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2004-yil 14-apreldagi “Shaxpaxti” konini oʻzlashtirishni davom ettirish boʻyicha Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Lukoyl” neft kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2004-yil 16-iyundagi Kandim konlar guruhi uchastkasiga, Xauzak va Shodi uchastkalariga, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkasiga nisbatan Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Gas Project Development Central Asia AG”, “Altmax Nolding Ltd”dan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2007-yil 5-apreldagi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksi qurilgan holda “Mustaqillikning 25 yilligi koni”da dastlabki qidiruv va konni qazish ishlarini olib borish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Gazprom EP Interneshnl B.V.” kompaniyasi oʻrtasida 2018-yil 18-oktabrdagi Jel koniga nisbatan Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi — amalga oshiriladigan Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida vakolatli organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarning tomoni sifatida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari ifodalanishi va himoya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi respublika organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati muvofiqlashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan tartibda investorlar tomonidan majburiyatlar va ishlarni bajarish jadvallari ijro etilishi ustidan nazorat qilinishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar shartlariga muvofiq Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Adliya vazirligi vakillaridan iborat boʻlgan Oʻzbekiston tomonidan Boshqaruvchi qoʻmitaning shaxsiy tarkibi belgilanishini;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzurida Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha amaldagi guruhlarni birlashtirish, ularning huquqlari va majburiyatlarini, mol-mulki va pul mablagʻlarini Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan guruhga berish yoʻli bilan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan muassasa shaklida Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha guruh tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida ishlarni amalga oshirish uchun konlarni qazish dasturlari, yillik ish dasturlari va budjetlar ekspert baholanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar, konlarni qazish dasturlari, yillik ish dasturlari va budjetlar amalga oshirilishi, shu jumladan, ularni bajarishning belgilangan muddatlari va hajmlariga rioya qilinishi ustidan doimiy monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan tartibda investorlarning faoliyati tekshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida investor tomonidan ochiladigan qoʻshma hisob raqamlari boʻyicha pul mablagʻlari harakati ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) natijalarini kelishish boʻyicha takliflar tayyorlash va vakolatli organga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan shartlarda ishlab chiqarilgan mahsulotni xarid qilishning ustunlik huquqidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida vakolatli organga takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ikki oy muddatda investorlar bilan muzokaralar olib borsin va ularning natijalari boʻyicha Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi tegishli Bitimga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tegishli Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarga qoʻshimcha bitimni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
503-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2019-y., 09/19/503/3295-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son)