Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 06.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3158
Kuchga kirish sanasi
06.05.2019
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Joriy versiya | Hujjat 27.03.2025 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining |
qarori | qarori |
Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida | Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3158] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3158] |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi: |
1. Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Rais B. MUSAYEV | Rais B. MUSAYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 4-aprel, | 2019-yil 4-aprel, |
2019-17-son | 2019-17-son |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 4-apreldagi 2019-17-son qaroriga ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 4-apreldagi 2019-17-son qaroriga ILOVA |
Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi | Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi |
NIZOM | NIZOM |
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini (bundan buyon matnda Ish haqini hisobga olish reyestri deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. | Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini (bundan buyon matnda Ish haqini hisobga olish reyestri deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1. Ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar yagona axborot bazasi (bundan buyon matnda SQning markazlashgan axborot bazasi deb yuritiladi) negizida fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqini yakka tartibda hisobga olish boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratish hisoblanadi. | 1. Ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar yagona axborot bazasi (bundan buyon matnda SQning markazlashgan axborot bazasi deb yuritiladi) negizida fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqini yakka tartibda hisobga olish boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratish hisoblanadi. |
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
yakka tartibdagi hisobga olish — ish beruvchi tomonidan har bir jismoniy shaxs boʻyicha ish haqi summasi toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida elektron hisobni yuritish; | yakka tartibdagi hisobga olish — ish beruvchi tomonidan har bir jismoniy shaxs boʻyicha ish haqi summasi toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida elektron hisobni yuritish; |
ish beruvchi — jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqini hisoblash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik shaxs; | ish beruvchi — jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqini hisoblash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik shaxs; |
jismoniy shaxs — ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxs. | jismoniy shaxs — ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxs. |
3. Yakka tartibdagi hisobga olish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga nisbatan qoʻllaniladi. | 3. Yakka tartibdagi hisobga olish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga nisbatan qoʻllaniladi. |
4. Yakka tartibdagi hisobga olish quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: | 4. Yakka tartibdagi hisobga olish quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: |
majburiylik va haqqoniylik; | majburiylik va haqqoniylik; |
toʻliqlik va tezkorlik; | toʻliqlik va tezkorlik; |
maʼlumotlarning hammabopligi va ochiqligi. | maʼlumotlarning hammabopligi va ochiqligi. |
2-bob. Ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritish | 2-bob. Ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritish |
5. Ish haqini hisobga olish reyestri fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (bundan buyon matnda maʼlumotlar deb yuritiladi) asosida SQning markazlashgan axborot bazasida shakllantiriladi. | 5. Ish haqini hisobga olish reyestri fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (bundan buyon matnda maʼlumotlar deb yuritiladi) asosida SQning markazlashgan axborot bazasida shakllantiriladi. |
6. Ish beruvchi maʼlumotlarni soliq hisobi boʻyicha joylashgan davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etadi. | 6. Ish beruvchi maʼlumotlarni soliq hisobi boʻyicha joylashgan davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etadi. |
Bunda ish haqini hisobga olish reyestrida hisobga olinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar elektron shaklda ish beruvchi tomonidan “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning (roʻyxat raqami 3126, 2019-yil 21-yanvar) 2-ilovasidagi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha soliq hisoboti shakllariga muvofiq rasmiylashtiriladi. | Bunda ish haqini hisobga olish reyestrida hisobga olinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar elektron shaklda ish beruvchi tomonidan “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning (roʻyxat raqami 3126, 2019-yil 21-yanvar) 2-ilovasidagi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha soliq hisoboti shakllariga muvofiq rasmiylashtiriladi. |
7. Davlat soliq xizmati organlari maʼlumotlarni kelib tushishiga koʻra, SQning markazlashgan axborot bazasiga kiritadi. | 7. Davlat soliq xizmati organlari maʼlumotlarni kelib tushishiga koʻra, SQning markazlashgan axborot bazasiga kiritadi. |
8. Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi SQning Markazlashgan axborot bazasida joylashgan maʼlumotlardan foydalanish uchun davlat soliq xizmati organlariga elektron soʻrov yuboradi. | 8. Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi SQning Markazlashgan axborot bazasida joylashgan maʼlumotlardan foydalanish uchun davlat soliq xizmati organlariga elektron soʻrov yuboradi. |
Davlat soliq xizmati organlari SQning markazlashgan axborot bazasi orqali maʼlumotlarni elektron soʻrov kelib tushgan kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqdim etishi lozim. | Davlat soliq xizmati organlari SQning markazlashgan axborot bazasi orqali maʼlumotlarni elektron soʻrov kelib tushgan kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqdim etishi lozim. |
3-bob. Jismoniy shaxs, ish beruvchi va davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlari | 3-bob. Jismoniy shaxs, ish beruvchi va davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlari |
9. Jismoniy shaxs quyidagi huquqlarga ega: | 9. Jismoniy shaxs quyidagi huquqlarga ega: |
ish beruvchidan oyma-oy boʻlingan holdagi maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlumotnomani bepul olish; | ish beruvchidan oyma-oy boʻlingan holdagi maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlumotnomani bepul olish; |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish boʻyicha davlat interaktiv xizmatidan foydalanish; | Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish boʻyicha davlat interaktiv xizmatidan foydalanish; |
ish beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan maʼlumotlarda xatoliklar aniqlangan taqdirda ish beruvchidan maʼlumotlarni toʻgʻrilash va qayta topshirishni talab qilish. | ish beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan maʼlumotlarda xatoliklar aniqlangan taqdirda ish beruvchidan maʼlumotlarni toʻgʻrilash va qayta topshirishni talab qilish. |
10. Jismoniy shaxs soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (INN) berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish, uni saqlash va ish beruvchining talabiga koʻra taqdim etishi lozim. | 10. Jismoniy shaxs soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (INN) berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish, uni saqlash va ish beruvchining talabiga koʻra taqdim etishi lozim. |
11. Ish beruvchi oʻzi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar bilan soliq hisobi boʻyicha joylashgan davlat soliq xizmati organlaridagi yakka tartibdagi hisobga olishni yuritilishining toʻgʻriligi yuzasidan maʼlumotlarni oʻzaro solishtirish huquqiga ega. | 11. Ish beruvchi oʻzi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar bilan soliq hisobi boʻyicha joylashgan davlat soliq xizmati organlaridagi yakka tartibdagi hisobga olishni yuritilishining toʻgʻriligi yuzasidan maʼlumotlarni oʻzaro solishtirish huquqiga ega. |
12. Ish beruvchining majburiyatlari: | 12. Ish beruvchining majburiyatlari: |
jismoniy shaxsning arizasiga asosan mazkur jismoniy shaxs boʻyicha oyma-oy boʻlingan holdagi maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida bepul berish; | jismoniy shaxsning arizasiga asosan mazkur jismoniy shaxs boʻyicha oyma-oy boʻlingan holdagi maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida bepul berish; |
maʼlumotlarga tuzatishlar kiritilgan va davlat soliq xizmati organlariga qayta topshirilgan taqdirda jismoniy shaxsni xabardor qilish. | maʼlumotlarga tuzatishlar kiritilgan va davlat soliq xizmati organlariga qayta topshirilgan taqdirda jismoniy shaxsni xabardor qilish. |
13. Davlat soliq xizmati organlari ish beruvchidan yakka tartibdagi hisobga olish uchun maʼlumotlarni oʻz vaqtida va zarur darajada rasmiylashtirilishini talab qilish huquqiga ega. | 13. Davlat soliq xizmati organlari ish beruvchidan yakka tartibdagi hisobga olish uchun maʼlumotlarni oʻz vaqtida va zarur darajada rasmiylashtirilishini talab qilish huquqiga ega. |
14. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) taqdirda, maʼlumotlarni berish boʻyicha majburiyat uning huquqiy vorisiga yuklatiladi. | 14. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) taqdirda, maʼlumotlarni berish boʻyicha majburiyat uning huquqiy vorisiga yuklatiladi. |
15. Yuridik shaxs tugatilgan holatlarda maʼlumotlar yuridik shaxs soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan SQning markazlashgan axborot bazasida mavjud maʼlumotlar asosida beriladi. | 15. Yuridik shaxs tugatilgan holatlarda maʼlumotlar yuridik shaxs soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan SQning markazlashgan axborot bazasida mavjud maʼlumotlar asosida beriladi. |
4-bob. Yakuniy qoidalar | 4-bob. Yakuniy qoidalar |
16. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | 16. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. |
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. |
Moliya vaziri D. KUCHKAROV | Moliya vaziri D. KUCHKAROV |
2019-yil 3-aprel, | 2019-yil 3-aprel, |