17.04.2019 yildagi PQ-4292-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmonini ijro etish va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik huzuridagi tashkilotlar va muassasalar tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tuzilmalarini va boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida ularning boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish asosida milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bilim tarqatuvchi mutaxassis va trenerlarni tayyorlash uchun Toshkent davlat agrar universiteti hamda uning filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti huzurida oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyat koʻrsatadigan agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etilishini taʼminlasin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etilishini, joylashtirilishini va samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda integratsiyalashgan elektron axborot ayirboshlash tizimi va portali, shuningdek, agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining texnik koʻmagi va grant mablagʻlarini jalb etish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar respublika hududlarining ishlab chiqarish va investitsiya salohiyati, zaxira yerlari toʻgʻrisidagi axborotlar, statistik va gidrometeorologik maʼlumotlar, infratuzilma obyektlari va kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanganligi hamda sohaga doir boshqa maʼlumotlardan iborat “invest.gov.uz/agro” Oʻzbekiston investitsiya portalida tegishli axborot bloki va uning mobil ilovasi yaratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2019-yil 1-maydan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga oshirgan holda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boʻlinmalar xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,2 baravarga oshirgan holda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlikning yangi tashkil etilgan tarkibiy va idoraviy boʻysunuvidagi boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Vazirlik markaziy apparati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga, Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalqaro tashkilotlarning va xorijiy mamlakatlar moliyaviy muassasalarining texnik koʻmagi hamda grant mablagʻlarini jalb qilgan holda hududlarda agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tarmoqlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga doir “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aniq koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan Vazirlik, uning boʻlinmalari va ular rahbarlarining faoliyatini baholashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan qishloq xoʻjaligini strategik rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash dasturlarini amalga oshirish sifati hamda samaradorligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4292-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 07/19/4292/2963-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son, 07.09.2020-y., 07/20/4819/1263-son, 10.09.2020-y., 07/20/4821/1271-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)