Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA UNING APPARATI TUZILMASIDAGI OʻZGARTIRIShLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi Farmoni bilan Adliya vazirligi zimmasiga tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar va farmonlarning soʻzsiz bajarilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi tarkibida Tadbirkorlar va xususiy mulk egalari huquqlariga rioya etish boʻyicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilish boʻlimi tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan boʻlimning 3 ta shtat birligi (boʻlim boshligʻi va 2 nafar bosh konsultantlar) uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 27-aprel,
152-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 4-son, 16-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)