05.04.2019 yildagi PQ-4270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda respublikamizda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ushbu sohadagi davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish ularning tezkorligi va foydalanish imkoniyatlarini oshirishni, davlat organlari faoliyatining shaffofligiga erishishni va xizmatlardan foydalanuvchilarga axborot xizmati koʻrsatishni yaxshilashni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish, tegishli tizimlarni davlat organlarining elektron maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonini soddalashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, koʻchmas mulkni sotishda ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, geodeziya va yer kadastri sohasiga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturidagi vazifalarni bajarishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notariuslar tomonidan — koʻchmas mulkka oid bitimlarni tasdiqlash ishlarini amalga oshirishda, koʻchmas mulkning bir qismiga boʻlgan huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, cheklangan (yuklangan) va bekor boʻlgan hollar bundan mustasno;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan — “E-AUKSION” elektron savdo platformasida koʻchmas mulkni (davlat aktivlari qismida) auksion orqali sotishda;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltorlik tashkilotlari tomonidan — noturar koʻchmas mulk boʻyicha rieltorlik xizmatlarini koʻrsatishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etayotgan tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — tijorat banklari) tomonidan — qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda “yagona darcha” tamoyili asosida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) koʻchirma berish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-sentabrdan boshlab notarial harakatlar asosida vujudga keladigan Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulkka, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlar Reyestrga faqat notariusning talabnomasiga asosan elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini oʻzgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning oʻzida Reyestrdan koʻchirma beriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilning 1-yanvaridan boshlab uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga (keyingi oʻrinlarda — davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan boshlab koʻchmas mulk obyektini “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari koʻrsatish natijasida vujudga keladigan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrdan koʻchirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) tomonidan mulkdorning xohishiga koʻra elektron va (yoki) qogʻoz shaklida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashkilotlarning maʼlumotlari asosida mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni, shuningdek qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxatga olish yigʻimlari undiriladi va ular quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi Adliya vazirligi yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (koʻchmas mulkni “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksion orqali sotishda va rieltorlik xizmatlari koʻrsatishda) budjetdan tashqari jamgʻarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga yoxud tijorat banklarning bank hisob raqamiga;
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2020-yil 1-yanvardan boshlab koʻchmas mulkning yangi egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin tegishlicha notariuslar va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan kommunal xizmatlarning axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi. Bunda kommunal xizmatlar koʻchmas mulkning yangi egalaridan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkni begonalashtirishda notariusga Reyestrga ulanish imkoniyatini bergan holda, unga bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishni;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan koʻchmas mulk egalaridan davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning yozuvi (shtampi) qoʻyilishini talab qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek, bankka roʻyxatdan oʻtkazilgan uy-joyga nisbatan mulk huquqi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi shtamp qoʻyilgan kredit shartnomasini taqdim etish boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi tartib bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasining 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi (keyingi oʻrinlarda — kadastr muhandisi) institutini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Kadastr muhandisi shartnoma asosida koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazadi (birlamchi kadastr hisobi bundan mustasno), ularning qavatma-qavat rejalarini tuzadi, texnik rejalarini rasmiylashtiradi, shuningdek, ularni texnik hisobga qoʻyadi. Kadastr muhandislariga nisbatan quyidagi talablar nazarda tutiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya va yer kadastri boʻyicha oliy maʼlumotga ega yoki kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha taʼlim olgan, shuningdek, tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining malaka shahodatnomasini olgan shaxs kadastr muhandisi boʻlishi mumkin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka shahodatnomasini olish uchun shaxs geodeziya va yer kadastri boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlishi va malaka imtihonini topshirishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi oʻz faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda 2019-yil 1-mayga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarga imkoniyat beruvchi yagona tizim (integratsiya tarmogʻi)ni yaratish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va suv chiqarib tashlovchi, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti), elektr taʼminoti, maishiy chiqindilarni olib ketish, oʻrnatib qoʻyilgan telefon aloqasi va boshqalar) korxonalarning axborot tizimlarini integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik shartlarni olish, obyektlarni muhandis-texnik taʼminot tarmoqlariga ulash boʻyicha shartnomalarni tuzish uchun yagona ariza berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitor va kreditor qarzdorlik toʻgʻrisidagi hisobni aktual holatda yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini onlayn tartibda qayta ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkning kadastr raqami asosida isteʼmolchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobvaraqasini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarga kommunal xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona shaxsiy kabinetdan olish imkoniyatini taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarga koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisoblangan toʻlovlarning yagona hisob-kitobini yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlariga yagona tizimda debitor va kreditor qarzdorligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yagona tizim (integratsiya tarmogʻi)ni yaratish va ishlatish, shuningdek, server uskunalari va tegishli hisoblash asboblarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hamda xalqaro grantlarni jalb etgan holda xarid qilish va oʻrnatishning moliyalashtirish manbalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kommunal xizmatlardan foydalanishning yagona hisobini yuritishni muvofiqlashtirish va tartibga solish boʻyicha vakolatli organni uning texnik va professional tayyorgarligini inobatga olgan holda belgilash boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahri boʻyicha, 2019-yil 1-dekabrga qadar muddatda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha mulkdorlar — jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya maʼlumotlari (JSH SHIM)ni va mulkdorlar — yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari (INN)ni Reyestrga kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda mavjud axborot tizimlariga zarur oʻzgartirishlar kiritilishini hamda Reyestrning mavjud maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan malaka shahodatnomasini berish, kadastr munosabatlari sohasidagi kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha oʻqitish mexanizmini, shuningdek, kadastr muhandislari faoliyatini baholash va monitoring qilish mezonlarini nazarda tutuvchi kadastr muhandisi faoliyati bilan shugʻullanish tartibi ishlab chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr muhandislari faoliyati monitoringi natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kadastr muhandisi institutini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2019-yil 1-dekabrga qadar rieltorlik xizmatlari koʻrsatish imkoniyatini taʼminlovchi yagona axborot tizimini ishlab chiqib, uni Reyestr bilan uygʻunlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu qarorning talablaridan kelib chiqqan holda tashkilotlar tomonidan maʼlumotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga yuborish tartibi ishlab chiqilishini, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4270-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2019-y., 07/19/4270/2890-son; 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)