Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021 15.02.2019 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 2-apreldagi 154-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini taʼminlash uchun kechki va tungi vaqtda jalb etilgan organlarning xizmat avtotransport vositalaridan samarali foydalanish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 2-apreldagi 154-son qaroriga quyidagi mazmundagi 101-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi ixtiyorida boʻlgan avtomototransport vositalari, shuningdek, boshqa texnika, agregat va uskunalar uchun yoqilgʻi mahsulotlarini sarflash va yillik yoʻl bosish limitlari hamda xizmat avtomobillari soni meʼyorlari tegishlicha ushbu davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Transport vazirligi va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan holda belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/135/2622-son)