Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2021 16.01.2019 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda respublikamizda chet el investitsiyalarini, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda XMI va XHMT deb ataladi) mablagʻlarini investitsiya loyihalari, avvalambor, aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun faol jalb qilish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud holat yuzasidan oʻtkazilgan tahlil investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan, investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalarini belgilashning choʻzilishi, shuningdek, hujjatlarning dastlabki bosqichda sifat jihatidan past darajada ishlab chiqilishi bilan bogʻliq tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi va bu koʻpincha loyihalarni tayyorlash choʻzilib ketishiga hamda loyihalarni XMI va XHMT, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida koʻp marotaba qayta ishlashga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XMI va XHMT mablagʻlaridan foydalanish mexanizmini yanada takomillashtirish, shuningdek, jalb qilinadigan qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarining bir qismini XMI hamda XHMT mablagʻlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, XMI hamda XHMT mablagʻlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlari quyidagicha moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jamgʻarma mablagʻlarini faqat tashabbuskor budjet tashkilotlarining loyihalariga jalb qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda investitsiya loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining XMI va XHMT bilan hamkorlik strategiyasiga (dasturiga) kiritish sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan loyiha tashabbuskori — vazirlik va idoraning har yili tasdiqlanadigan loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamgʻarma mablagʻlarini quyidagi holatlarda jalb qilmagan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XMI va XHMT ushbu maqsadga grant taqdim etsa (texnik koʻmaklashish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini investitsiya loyihalari doirasida jalb etiladigan qarz mablagʻlar hisobidan ishlab chiqish nazarda tutilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzInjiniring” respublika loyiha instituti bilan birgalikda XMI va XHMT mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan loyihalar tashabbuskorlari — vazirliklar va idoralarning investitsiya boʻlinmalari xodimlarining malakasi oshirilishini tizimli asosda taʼminlash maqsadida loyiha jarayoni boʻyicha oʻquv kurslari hamda seminarlarni muntazam tashkil qilsin va bunda investitsiya loyihalarining loyihaoldi hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi oʻquv dasturlarining mazmuni va samaradorligiga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, shuningdek, yetakchi mahalliy loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda, investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining qiymatini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni 2019-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2019-y., 09/19/40/2494-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)