20.10.2018 yildagi PQ-3980-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va institutsional islohotlar investitsiya muhitini yaxshilashga, xorijiy va mahalliy investorlar sonining ortib borishiga koʻmaklashmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, anʼanaviy ravishda davlat tasarrufida va boshqaruvida boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammo va kamchiliklar davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni jadallashtirish yuzasidan muhim choralar koʻrishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va kommunal sohalar, shaharsozlik va obodonlashtirish, yoʻl xoʻjaligi, energetika sohasidagi davlat monopoliyasi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sifatini, davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini pasaytirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tamoyillari, shartlari va yoʻnalishlarini belgilovchi huquqiy va institutsional baza, shuningdek, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda budjet tizimiga moliyaviy, texnik va tijorat tavakkalchiliklarining taʼsirini baholash mexanizmi ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sherikligi mexanizmlaridan foydalanish orqali infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ularni tizimli monitoring qilishda davlat va biznes oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlovchi maxsus organ mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan vazifalarni oʻzaro manfaatli sharoitlarda tezkorlik bilan hal etish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik tizimini samarali boshqarish va muvofiqlashtirish uchun institutsional imkoniyatlar kompleksini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihalar toʻgʻrisidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama koʻmaklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, loyihalarga jalb qilingan budjet tizimi mablagʻlaridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi va Oʻzbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tanlov hujjatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalari va ularga kiritiladigan oʻzgartirishlar majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi, texnik-iqtisodiy hamda moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi axborotni ularning tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan soʻrab olish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikni taʼminlab turish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka direktor — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan xodimlari, ekspertlari va maslahatchilari xizmatlariga haq toʻlash belgilangan tartibda xorijiy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari, moliya institutlari hamda boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning cheklangan soni va tuzilmasiga, zarur hollarda, oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, egallab turgan asosiy lavozimi boʻyicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va ragʻbatlantiruvchi boshqa toʻlovlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, zarur hollarda, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarni tashkil etsin, ularni boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida kamida ikki nafar malakali mutaxassis bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2018-yil 1-dekabrgacha davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazib, yondashuvlar, tartiblar va ularni amalga oshirish mexanizmlari birxillashtirilishini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2018-yil 1-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2019-yil 1-yanvargacha quyidagilarga alohida eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha kesimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha kompleks yondashuv va strategik vazifalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va taʼminlash boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor-davlatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 26-uy manzilida begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa bilan, shuningdek, yuqori tezlikda ishlaydigan Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Agentlik tuzilmasi va nizomini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Agentlikni yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Agentlikni zarur mebel, jihozlar, kompyuter uskunalari, shuningdek, zarurat boʻlganda, transport vositalari bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3980-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 07/18/3980/2072-son)