25.06.2018 yildagi 475-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tizimini, shu jumladan, maktabgacha taʼlim jarayonining nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim muassasalarining tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan kengroq qamrab olishni taʼminlash va maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlandi, unga muvofiq xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tanlov oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qaror qabul qilinguniga qadar tanlovda tanlab olmasdan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etish maqsadida yer uchastkalari va boʻsh turgan davlat mulki obyektlari tadbirkorlik subyektlariga bepul asosda berildi, qurilish ishlari boshlandi, tijorat banklarining koʻrib chiqishi uchun zarur hujjatlar kiritildi va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha taʼlim vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori qabul qilinguniga qadar nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etish maqsadida boʻsh turgan yer uchastkalarini va boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlik subyektlari bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida uch tomonlama bitim tuzishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi hamda xususiy sheriklar tomonidan oʻz zimmalariga olingan majburiyatlarga rioya qilinishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, boʻsh turgan yer uchastkalarini va boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini bepul asosda olgan, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish xohishini bildirmagan tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2018-yil 26-iyungacha boʻlgan muddatda 100,0 mln AQSh dollariga teng summani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining maxsus hisob raqamiga oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi 2018-yil 28-iyungacha boʻlgan muddatda ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan tadbirkorlik subyektlariga 15 yil muddatga foizsiz asosda, shu jumladan, uch yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit berish uchun kredit liniyalari ochish toʻgʻrisida bitimlar tuzilishini tugallasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit berishning keyingi bosqichlarini moliyalashtirishning aniq manbalari, hajmlari va muddatlarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
475-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 09/18/475/1400-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)