05.05.2018 yildagi PQ-3697-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror oʻsishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga, innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil natijalari mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga toʻsqinlik qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga olgan holda ilgʻor va zamonaviy innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar va innovatsiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yoʻlga qoʻyilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, innovatsion loyihalar-startaplarga investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasiga innovatsiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga koʻmaklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va muvaffaqiyatli texnologik loyihalar-startaplarni ishlab chiqish va ilgari surish boʻyicha zarur koʻnikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning maʼlumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani biznes-tuzilmalarga oʻtkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion gʻoyalardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yoʻlga qoʻyilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar sohasiga texnika oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, aholi oʻrtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik toʻsiqlar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalar bozorining shakllanishi va faoliyat koʻrsatishi, shuningdek, mahalliy va xorijiy innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyotning real sektoriga ilgari surish uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari innovatsiyalarni rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini, xalqaro moliya institutlarining grant va/yoki kreditlarini, xorijiy investorlarning mablagʻ va sarmoyalarini jalb qilgan holda hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini (keyingi oʻrinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirokida tashkil etiladigan innovatsiya markazlari aksiyadorlik va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda taʼsis hujjatlarida uning tashkiliy-huquqiy shakli, ishtirokchilarning shartlari va vazifalari aniq koʻrsatiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, markazlar oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi va talab yuqori boʻlgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish boʻyicha innovatsion loyihalar-startaplarni, jumladan, xorijda qoʻllaniladigan ilgʻor uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiyalar bozorining marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar bozorlarini shakllantirish, ularning bozor talablariga yoʻnaltirilishi va moslashishi uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar isteʼmolchilarini qidirib topish ishlarini, jumladan, innovatsion infratuzilma subyektlari oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari boʻyicha manfaatdor shaxslarning keng doirasiga maslahat berish, aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan reklama va koʻrgazma tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, startaplar hamda sanoat va qishloq xoʻjaligining ustuvor tarmoqlaridagi boshqa sheriklar bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion faoliyatning ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan natijalarini ilgari surish va tijoratlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markazlarni tashkil etishda quyidagilar markazlar tashkil etishning asosiy shartlari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani (transport bogʻlamalari, avtostansiyalar, avtobekatlar mavjudligi va h.k.) qurish uchun boʻsh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida ajratiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Innovatsion rivojlanish agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimiyatlar iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish majburiyatini oladi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz tashkil etish bilan bogʻliq kelishuv tomonlarining huquqlari va majburiyatlari, Innovatsion rivojlanish agentligi roziligi bilan tuziladigan kelishuvlarda belgilanadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5308-son Farmoni bilan quyidagilar 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari oʻzlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari boʻyicha.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamiyat maqsadlari uchun yangi, innovatsion mahsulotlar yaratish, ishlab chiqarish va xizmatlarni yoʻlga qoʻyish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat tashkilotlar hamda xususiy tadbirkorlar markazlar faoliyatini moliyalashtirishlari mumkin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining innovatsion loyihalarni moliyalashtirish umumiy hajmining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarini zaxira qilish nazarda tutiladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarning qurilayotgan binolariga barcha zaruriy tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, kommunal infratuzilmalarni olib kelish elektr energiyasi qismi boʻyicha — “Oʻzbekenergo” AJ hisobidan, gaz taʼminoti qismi boʻyicha — “Oʻztransgaz” AJ hisobidan, telekommunikatsiya tarmoqlari qismi boʻyicha — “Oʻzbektelekom” AK hisobidan, avtomobil yoʻllarini qurish qismi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan, suv taʼminoti, kanalizatsiya va avtostansiyalarni qurish qismi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarning binolari foydalanishga qabul qilinganidan keyin mahalliy ijroiya hokimiyati organlari qulay transport yoʻnalishlari va yoʻlovchi transportining bir maromda ishlashini tashkil etadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda potensial investorlarni qidirib topish va ular bilan mazkur qarorda belgilangan shartlarida markazlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni tuzishni;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda markazlarni tashkil etishga xorijiy davlat vakillarini jalb qilish, shuningdek, grantlar va homiylik xayriyalarini ajratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazishni;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda markazlar faoliyatini keng yoritish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazishni taʼminlasin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish agentligiga mazkur qaror shartlarini qoʻllagan holda tuman (shahar)larda xorijiy investorlar yoki homiylar ishtirokida markazlarni tashkil qilishga ruxsat etilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda tashabbuskorlar murojaatlari boʻyicha markazlarni tashkil qilish uchun yer uchastkalari yoki boʻsh binolarni, jumladan, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari optimallashtirilishi hisobiga boʻshaydigan binolarni ajratishni taʼminlasin yoxud ularni namunali loyihalar boʻyicha quriladigan davlat xizmatlari markazlari binolarida joylashtirishni nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3697-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3697/1176-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)