O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda):
“Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini ko‘zlaydigan yoxud boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga ko‘maklashadigan kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tartibi boshqa Qonun hujjatlari bilan belgilanadigan o‘zga organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
“Jamoat birlashmalari tashkilotlarining tadbirlari ular a’zolarining (qatnashchilarning) asosan ishdan bo‘sh vaqtida va mazkur birlashmalar mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi”;
“Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni ko‘zlovchi ommaviy jamoat harakatlari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash taqiqlanadi, Qonun hujjatlariga muvofiq saylov kampaniyalarini moliyaviy ta’minlash hollari bundan mustasno”;
“Bunda siyosiy partiyaning kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida besh ming, kasaba uyushmasining esa, kamida uch ming a’zosi bo‘lishi kerak”;
4) 11-moddaning uchinchi qismidagi “xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining” degan so‘zlar “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Siyosiy partiyaning faoliyatini tugatish yoki to‘xtatib turish “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi”;
“Siyosiy partiyalar davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiladi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashadi”.
“Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida fraksiyalar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuzish huquqiga egadir”.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 78-modda; 1993-yil, № 6, 246-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda) 27-moddasining 1-bandi ikkinchi qismidagi “davlat ijtimoiy sug‘urta fondiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda, № 8, 191-modda; 1992-yil, № 1, 49-modda, № 4, 177-modda, № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda, № 6, 240-modda; 1994-yil, № 5, 159-modda, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda) 4-moddasining birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Pensiya fondiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy sug‘urta fondiga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risidagi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda, № 8, 191-modda; 1992-yil, № 1, 50-modda, № 4, 168-modda, № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda; 1994-yil, № 1, 14-modda, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda) 19-moddasining 2-bandi “a” kichik bandidagi “davlat ijtimoiy sug‘urta va pensiya ta’minoti jamg‘armalariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda) 4-moddasining:
“e) ijtimoiy ta’minot organlari — zarar yetkazuvchidan regress da’volar bo‘yicha quyidagilarni undirish yuzasidan:
— benzinga, avtotransport vositalarini ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatishga va ehtiyot qismlar sotib olishga, nogironlarni avtotransport vositalarini haydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarning summasini, shuningdek noto‘g‘ri to‘langan pensiya va nafaqa summalarini undirib olish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan”;
“n” kichik bandidagi “Melioratsiya va” degan so‘zlar “Qishloq va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“sh” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlardan keyin Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
“a) ijtimoiy ta’minot organlari — zarar yetkazuvchidan regress da’volar bo‘yicha quyidagilarni undirish yuzasidan:
— benzinga, avtomobillar va motoaravachalarni ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatishga va ehtiyot qismlar sotib olishga, nogironlarni avtotransport vositalarini haydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarning summasini”;
“e” kichik bandidagi “Melioratsiya va” degan so‘zlar “Qishloq va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda, № 9, 193-modda) 37-moddasining 3-bandi “majburiyat mazmuni o‘zgartirilgan” degan so‘zlardan so‘ng “keyingi ipotekada” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 31-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi maxsus vakolatli davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari hisoblanadi”.
8. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda):
1) 8-moddasining ikkinchi qismidagi “Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddasining ikkinchi qismi “Sog‘liqni saqlash vazirligi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin hamda “O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 13-moddasidagi, 14-moddasining birinchi qismidagi, 16-moddasidagi, 17-moddasining ikkinchi qismidagi, 22-moddasining ikkinchi qismidagi, 24-moddasining birinchi qismidagi, 29-moddasidagi, 30-moddasining uchinchi qismidagi, 44-moddasining ikkinchi qismidagi, 49-moddasining oltinchi qismidagi, 56-moddasining uchinchi qismidagi, 59-moddasining birinchi qismidagi, 60-moddasining ikkinchi qismidagi, 65-moddasidagi, 73-moddasining birinchi qismidagi, 80-moddasidagi, 82-moddasining birinchi va uchinchi qismlaridagi, 85, 86, 87, 88, 89, 90, 98-moddalaridagi, 101-moddasining ikkinchi qismidagi, 102, 103-moddalaridagi, 104-moddasining uchinchi qismidagi “suv xo‘jaligi” degan so‘zlar “qishloq va suv xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 27-moddasining birinchi qismidagi, 48-moddasining uchinchi qismidagi “Melioratsiya” degan so‘z “Qishloq” degan so‘z bilan almashtirilsin;
5) 47-moddasining birinchi qismidan, 48-moddasining uchinchi qismidan, 54, 88-moddalaridan “davlat”, “davlat xo‘jaliklari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“viloyat, respublika ahamiyatiga ega tizimlar bo‘yicha — tegishli ravishda viloyat, respublika, qishloq va suv xo‘jaligi organlari tasdiqlaydilar”;
9. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 322-modda):
1) 15-moddasining birinchi qismi “budjet mablag‘laridan” degan so‘zlardan keyin “maxsus fondlarning yosh bolali muhtoj oilalarga nafaqa to‘lashga mo‘ljallangan, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan mablag‘laridan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda yosh bolali muhtoj oilalarga nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaydi va to‘laydi”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshisi tegishli ravishda oltinchi — to‘qqizinchi xatboshisi deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 4-moddasining ikkinchi qismidagi, 5-moddasining birinchi, uchinchi, beshinchi va yettinchi qismlaridagi, 7-moddasining birinchi, ikkinchi va beshinchi qismlaridagi, 9-moddasining uchinchi qismidagi, 17-moddasining to‘rtinchi xatboshisidagi, 18-moddasining o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilaridagi, 19-moddasining to‘rtinchi qismidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda):
1) 32-moddasining to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
2) 37-moddasining birinchi qismi “a” bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, “g” bandidagi, 40-moddasining birinchi qismidagi, 43-moddasining to‘qqizinchi qismidagi, 66-moddasining uchinchi qismidagi “Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga” degan so‘zlar “Pensiya fondiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 66-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasidagi “Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi” degan so‘zlar “Pensiya fondi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 66-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini” degan so‘zlar “Pensiya fondini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 1993-yil 3-sentabrdagi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 339-modda) 3-moddasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Mustaqillik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 115-modda) bilan tasdiqlangan “Mustaqillik” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mustaqillik” ordeni 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi. Orden ikki yon bag‘ridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musamman ko‘rinishida bo‘ladi. Ikki yon bag‘ridan taralgan nurlarning yuzasida diametri 2 millimetrli 46 ta fianit bor. Musammanning burchaklari orasida yoqutrang emal qoplangan taram-taram bo‘lib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa — 57 millimetr. Nurlar jo bo‘lgan aylananing diametri — 52 millimetr.
Ordenning markazida mustaqillik ramzi bo‘lmish Humo qushi kumush rangda tasvirlangan. Xumo qushi ortidagi, rangli emaldan ishlangan manzara O‘zbekistonning jozibasi va sahovatini aks ettiradi.
Humo qushini o‘rab turgan aylananing yuqori qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi — yarim oy va yulduzni o‘z ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Musamman jo bo‘lgan maydonning diametri — 10,5 millimetr, yarim oy hamda besh qirrali yulduz jo bo‘lgan maydonlarining diametrlari tegishlicha — 5 millimetr va 2,6 millimetr. Aylananing tepa qismida o‘n ikki insoniy fazilat ramzi bo‘lgan, diametri 2,5 millimetrli o‘n ikkita yoqut tosh bor. Aylananing chekkalari har ikki tomondan 1 millimetr qalinlikda moviy emaldan ishlangan qabariq hoshiya bilan o‘ralgan. Aylananing diametri 36 millimetr, qalinligi 6 millimetrdir.
Aylananing pastki qismida oq rangli emaldan ishlangan manzarada yoqutrang emal bilan qoplangan “MUSTAQILLIK” degan yozuv bor. Harflarning balandligi — 2,7 millimetr.
14. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
Tabiiy suv manbalaridan (daryo, soy, ko‘l, buloq, yer osti suvlaridan) suv olish qoidalari va limitlarini buzish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan tabiiy suv manbalaridan suv olishni amalga oshirish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Irrigatsiya tarmoqlaridan suv olish qoidalarini buzish tarzida suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, gidrotexnika ishlarini o‘zboshimchalik bilan bajarish, suvdan foydalanishning belgilangan limitlari va rejalarini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 261-moddasining birinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 63, 65, 68, 69, 70-moddalarida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining birinchi qismida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), 65-moddasining ikkinchi qismida, 68-moddasida (hisobotni buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish bundan mustasno), 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, “73, 74, 75-moddalarida, 76-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinayotgan suvlar hisobini yuritish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Er tuzish va yerdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ega bo‘lgan bosh boshqarma organlariga ushbu Kodeksning 65-moddasi birinchi qismida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qismi), 68-moddasida (davlat yer kadastri yuritish tartibini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berishga oid qismi), 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi yerlardan foydalanish bo‘yicha Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yerlardan foydalanish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha miqdorda;
erlardan foydalanish bo‘yicha davlat tuman inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha miqdorda jarima solishga.
“O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 74-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suv miqdorini hisobga olish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzishga oid qismi), 76-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidirlar:
“O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar suv inspeksiyalarining boshliqlari, suv inspeksiyalarining katta inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha miqdorda;
suv inspeksiyalarining tuman inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
4) 287-moddasining 5-bandida “60, 69, 76” raqamlari “60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda) 5-moddasining 6irinchi qismi “qishloq” degan so‘zdan keyin “va suv” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda) 6-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari, 7-moddasining nomi, 9-moddasining 6irinchi qismi, 15-moddasining ikkinchi qismi, 16-moddasining to‘rtinchi qismi, 21-moddasining ikkinchi qismi, 22-moddasining uchinchi qismi “Qishloq” degan so‘zdan keyin “va suv” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Amir Temur” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 63-modda) bilan tasdiqlangan “Amir Temur” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Amir Temur” ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi va ikki yon bag‘ridan nurlar taralgan sakkiz qirrali musamman ko‘rinishida bo‘ladi. Musammanning burchaklari orasida yashil rang emal qoplangan taram-taram bo‘lib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa — 57 millimetr. Nurlar jo bo‘lgan aylananing diametri — 52 millimetr.
Ordenning markazida ot mingan Amir Temurning qiyofasi kumush rangda tasvirlangan. Otliq ortidagi rangli emaldan ishlangan manzara moviy rangda.
Otliq qiyofasini o‘rab turgan aylananing yuqorisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi — yarim oy va yulduzni o‘z ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Musamman jo bo‘lgan maydonning diametri — 10,5 millimetr. Yarim oy hamda besh qirrali yulduz jo bo‘lgan maydonlarining diametrlari tegishlicha — 5,0 millimetr va 2,6 millimetr. Aylananing yuqori qismida oq rangli emal manzarada “AMIR TEMUR” yozuvi bitilgan bo‘lib, u yoqutrang emal bilan qoplangan. Harflarning balandligi — 2,5 millimetr. Aylana boshdan oxirigacha marjonli naqshlar bilan o‘ralgan. Aylananing diametri — 36 millimetr, qalinligi — 6 millimetr.
Aylananing pastki qismida oq rangli emal manzarada moviy emaldan ishlangan “KUCH – ADOLATDA” so‘zlari bitilgan. Harflarning balandligi — 3 millimetr. Aylananing chekkalari har ikki tomondan 1 millimetr qalinlikdagi qizil emaldan ishlangan qabariq hoshiya bilan o‘ralgan.
Aylanalarning yuqori va pastki qismlari diametri 2,7 millimetrli ikkita yoqut tosh bilan ajratilgan.
18. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 119-modda) bilan tasdiqlangan “Buyuk xizmatlari uchun” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi va sakkiz qirrali musamman ko‘rinishida bo‘lib, uning qirralari yoqut rangda tayyorlangandir. Musammanning burchaklari orasida moviy rang emal qoplangan taram-taram bo‘lib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa — 57 millimetr. Nurlar jo bo‘lgan aylananing diametri — 52 millimetr.
Orden markazida bitta umumiy markazga ega bo‘lgan, diametrlari 36 va 24 millimetrli ikkita aylana joylashgan. Ichki aylanada ramziy tarzda tasvirlangan moviy rangdagi yer kurrasi fonida O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tilla rangda tasvirlangan. Tashqi va ichki aylanalar o‘rtasida, yuqori qismida oq emal fonida kumush rangdagi “BUYUK XIZMATLARI UCHUN” yozuvi joylashgan. Harflarning balandligi — 3 millimetr. Aylananing pastki qismida yashil rangdagi ikkita birlashtirilgan dafna novdalari joylashtirilgan.
Orden oraliq kolodka va halqalar yordamida muhayyar lentaga biriktiriladi. Tillarang oraliq kolodka chiqib kelayotgan quyosh fonidagi Humo qushi tasviri ko‘rinishida. Kolodkaning eni — 45 millimetr, balandligi — 30 millimetr. Muhayyar lenta yo‘l-yo‘l qizil, moviy, oq va yashil ranglardan iborat.
Ordenning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
19. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 130-modda):
1) 6-moddasining ikkinchi qismi, 7-moddasining ikkinchi qismi, 9-moddasining uchinchi qismi, 14-moddasining nomi va birinchi qismi birinchi xatboshisi, 15-moddasining birinchi qismi “Qishloq” degan so‘zdan keyin “va suv” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 12-moddasining birinchi xatboshisida “O‘zbekiston Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 133-modda) 3-moddasining uchinchi qismi “Qishloq” degan so‘zdan keyin “va suv” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1954-yil 27-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi ministrligi tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1954-yil, № 2, 2-modda);
1954-yil 29-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning tekstiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1954-yil 27-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi ministrligi tuzish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlashga doir qismi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1954-yil, № 5, 2-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1989-yil 19-sentabrda qabul qilingan “Agrosanoat kompleksi boshqaruv organlari sistemasidagi o‘zgarishlar haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 25, 369-modda);
1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Davlat boshqaruvi organlari sistemasidagi ayrim o‘zgarishlar to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 462-modda) beshinchi xatboshisi;
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi idoralari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 64-modda) uchinchi xatboshisi.