Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017 21.09.2000 yildagi 360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VOYAGA YETMAGANLAR IShLARI BOʻYIChA KOMISSIYALAR FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, ular ustidan boʻlgan nazoratning boʻshligi, ish bilan taʼminlash va boshqa muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida koʻplab yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyoxvandlik va ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar taʼsiriga tushib qolish kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi boʻlgan oʻzini oʻzi boshqarish organlari, oʻquv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar oʻz faoliyatini deyarli toʻxtatib qoʻygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yoʻnalishda masʼul boʻlgan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari oʻz tasarrufidagi mavjud voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini koʻrib chiqib, ularning yangi tarkiblarini tuzsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar faoliyati izchil amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida ularning tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hisobidan alohida masʼul kotib lavozimi joriy etilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsiz qolishi, huquqbuzarligi va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlariga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarda voyaga yetmaganlarni saqlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish sharoitlarini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlarning ongini va tafakkurini shakllantirish va darajasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni faollashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish joylaridan ozod boʻlib kelgan yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan taʼminlashda yordam berish, shuningdek voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha qonunda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin, voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari va shart-sharoitlarini puxta oʻrganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari ishlari samaradorligini oshirsin, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi har bir inspektori va profilaktika inspektoridan oʻz tasarrufidagi hududda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun masʼul ekanligini qatʼiy talab qilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va targʻibot markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” Xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan xayriya jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bolalarni tarbiyalash va oʻqitish ishlari yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar, yashash joylarida ijtimoiy notinch ahvoldagi voyaga yetmaganlar va oilalarni aniqlash, ular bilan yakka tartibda profilaktika ishlari olib borish masalalarini doimiy nazoratga olsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki intellektual-irodaviy faoliyatga taʼsir koʻrsatadigan boshqa moddalarni muntazam isteʼmol qiluvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, rivojlanishi va xulq-atvorida nuqsonlari boʻlgan voyaga yetmaganlarga ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami koʻrsatish ishlarini qatʼiy yoʻlga qoʻysinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, hokimliklar, ichki ishlar organlari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod boʻlib kelgan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsinlar va ularning bu masalada bevosita masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya har yarim yilda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqiy-tarbiyaviy ishlarning ahvolini muhokama etib, bu borada mutasaddi idoralar rahbarlarining va quyi komissiyalarning hisobotlarini eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov va Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
360-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)