1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada ishlab chiqarishni kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish uchun ekin maydonlari sezilarli ravishda kengaytirildi, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha quvvatlar ishga tushirildi, moliyaviy resurslar, jumladan, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari faol ravishda jalb etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga xorijiy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlaridagi yuqori darajadagi raqobat agrotexnikaning xamda ishlab chiqarish va mahsulot yetkazib berish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy uslublarini jadal ravishda joriy etishni talab qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq qator salbiy omillar mamlakatimiz agrosanoat sohasi salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Ular jumlasiga kuyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, meva-sabzavot mahsuloti ishlab chiqaruvchilari va tayyorlovchilari o‘rtasida meva-sabzavot ekinlari bozorida xaridorgir ekinlar va ularning navlarini joylashtirish masalalarida o‘zaro hamkorlikning bozor mexanizmlaridan to‘liq foydalanmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, tuzilgan shartnomalarni o‘z vaqtida, sifatli, to‘liq yoki mutlaqo bajarmaslik kabi harakatlarda namoyon bo‘luvchi kichik qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan shartnoma intizomiga rioya qilish darajasining pastligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, qishloq xo‘jaligi mehnatini mexanizatsiyalashtirish, zamonaviy intensiv, avvalo, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ularni saqlash va transportirovka qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mustaqil ravishda tashqi bozorga chiqishi uchun moliya resurslarini jamg‘arish uchun qulay imkoniyatlarning yo‘qligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining bozorlarda xaridorgir bo‘lgan yuqori hosildorlikka ega va sifatli navlarning urug‘i, ko‘chati bilan qoniqarli ravishda ta’minlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining real ehtiyojlariga javob bermaydigan kadrlar tayyorlash tizimining past darajasi, jumladan, zamonaviy bilimlarga ega o‘rta va oliy bo‘g‘inning yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, logistika va transport infratuzilmasi rivojlanmaganligi hosilning bir qismi nobud bo‘lishi, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotni arzon narxlarda sotish va natijada qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining qoniqarsiz moliyaviy ko‘rsatkichlariga sabab bo‘lmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, turli ekinlar agrotexnologiyalarining dolzarb masalalari va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning yo‘qligi, ilmiy institutlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning past darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavotchilikni jadal va samarali rivojlantirishni ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga chiqarish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning izchil ijrosini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Surxondaryo viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari sohasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida klaster usulini yaratishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba yo‘lga qo‘yilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari joriy qishloq xo‘jaligi yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishdan to sotishgacha bo‘lgan belgilangan jarayonni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi yagona yoki o‘zaro bog‘liq korxonalar guruhi doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jaligi yumushlarini tashkil qilish uchun ekish materiali, avans to‘lovlarini taqdim etuvchi va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotni kelishilgan narxlarda sotib oluvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, tayyorlovchi korxonalar, qayta ishlovchilar, eksport qiluvchilar o‘rtasida kafolatlangan shartnomalar asosida “urug‘-ko‘chat-mahsulot yetishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportirovka qilish-bozorga yetkazish” tamoyili bo‘yicha uzluksiz zanjirni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usulini (keyingi o‘rinlarda meva-sabzavot klasterlari deb yuritiladi) keng joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari tegishli tartibda chigitdan bo‘shagan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika markazlari (meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash bo‘yicha quvvatlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi), shuningdek, ichki va tashqi bozorda meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tajribasiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va intensiv bog‘lar yaratish va ulardan foydalanish tajribasiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shimcha qiymatlar zanjiri bo‘yicha klaster usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shaxsiy va jalb qilingan moliyaviy mablag‘lariga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalarini o‘z zimmasiga oladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlariga (o‘zaro bog‘liq korxonalar guruhiga) birinchi navbatda yerdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish huquqini taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etsin va 2019-yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot klasterlariga ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, mahsulot yetishtirish hajmi, ularning navi va turini belgilash, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan ular tomonidan tayyorlanayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqi taqdim etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot klasterlariga ko‘chatzorlar, jumladan logistika markazlari (muzlatgich, ombor, qayta ishlash quvvatlari, laboratoriya, mashina-texnik stansiyalari uchun infratuzilma binolari)ni tashkil qilish uchun yer maydonlari ajratish to‘g‘risidagi qarorlar tezkor qabul qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga irrigatsiya va kollektor qurilmalarini tozalashda yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.R. Xolmurodov Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari kredit liniyalarini, jumladan meva-sabzavot klasterlari ustav kapitaliga keyinchalik ushbu hissalarni muassislar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan sotib olish huquqi bilan jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot klasterlarini, boshqa meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilarini eksportoldi moliyalashtirish uchun tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chatzorlarni tashkil qilish, meva-sabzavot klasterlari logistika markazlari, issiqxonalar qurish va intensiv bog‘lar barpo etish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hajmini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agronomlar va meva-sabzavot klasterlari, zamonaviy intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarining boshqa xodimlarini bir yilgacha bo‘lgan muddatga yetakchi ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalarga ta’lim olish va stajirovka o‘tashga yuborish uchun grant mablag‘lari va xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.03.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chatxonalar va issiqxonalarda urug‘, ko‘chat va payvandtag yetishtiruvchi va ularni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlari barcha turdagi soliq va yig‘imlar to‘lashdan (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetdan olib kirilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar va payvandtaglar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari ilovaga muvofiq bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bundan mustasno);
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xo‘jalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2018-yilning 1-yanvaridan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlarga daromadga vositachi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan stavka bo‘yicha soliq solgan xolda mukofot summasidan yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yilning 1-aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 2017-yil 5-sentabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar yaratish va muzlatgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizgacha miqdorida kompensatsiya to‘lash tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va tayyorlovchilari o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalarini sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va “O‘zagrokimyohimoya” AJ bilan birgalikda, tajriba tariqasida, real natijalardan va hosilning saqlanishidan kelib chiqib yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi va mukofot olishini hisobga olgan xolda fitosanitariya ta’minotini, o‘simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoyalashni ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2018-yilning 1-sentabrigacha bo‘lgan muddatga O‘simliklarni zararkunandalar, kasalliklar, begona o‘tlar, bakteriyalar va viruslardan kompleks himoyalash, fitosanitariya nazoratini kuchaytirish va respublikada maqbul fitosanitariya holatini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi 2018-yil 1-noyabrga qadar barcha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari erkin foydalana oladigan salohiyatli xorijiy bozorlarning elektron ma’lumotlar bazasini yaratishni ta’minlasin, bunda meva-sabzavot mahsulotlari turlari, navlari, asosiy iste’molchilari bo‘yicha ehtiyojlarning taxminiy hajmi, shuningdek, qo‘yiladigan talablari bo‘yicha axborot olish imkoniyati ko‘zda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, xorijiy bozorlar bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va savdo vakolatxonalarining xodimlarini jalb qilgan holda, shakllantiriladi va yangilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etgan holda, qurg‘oqchilik, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarining seleksiyasini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafayev), “O‘ztransgaz” AJ (A. Mustafayev), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga meva-sabzavot klasterlarining ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatlarini elektr energiya va tabiiy gaz bilan ularning tabiiy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov, Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev) va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xasilov)ga bir oy muddatda quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarga eksport kontraktlari bajarilishini ta’minlovchi muddatlarda temir yo‘l vagonlari, shu jumladan, vagon-refrijeratorlar berish tartibini maqbullashtirish va soddalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan, xorijiy investorlarni jalb qilgan holda zamonaviy refrijeratorli konteynerlar ishlab chiqarilishi, xalqaro registrlarda sertifikatsiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil qilish, shuningdek, ularni meva-sabzavot klasterlari, tayyorlov tashkilotlari va boshqa manfaatdor foydalanuvchilarga, shu jumladan, lizing orqali sotish tartibini belgilash bo‘yicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda agrotexnologiyalar sohasida yuqori malakali, zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi viloyatlar hokimliklari, meva-sabzavot klasterlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalariga ko‘ra jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar uchun 12 oygacha bo‘lgan muddatga kirish vizalari va ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi viloyatlar hokimliklari, meva-sabzavot klasterlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalariga ko‘ra jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun davlat bojini undirmagan xolda ko‘p martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va uzaytirish, shuningdek, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda muddatini uzaytirishni ta’minlasin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi meva-sabzavot klasterlari buyurtmalariga ko‘ra belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun ruxsatnomalar berilishi, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish (uzaytirish)ni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5388-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son Farmoniga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boj to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinadigan urug‘lik, ko‘chatlar va payvand qo‘yiladigan tuplar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, energiya tejaydigan zamonaviy issiqxonalarning butlovchi buyumlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kokos substrati uchun PVX yoki PPdan tayyorlangan novlar
3926909705
4.
Mineral o‘g‘itlar, insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, begona o‘tlar chiqishiga qarshi vositalar va o‘simliklarning o‘sishi regulatorlari, dezinfeksiya qiluvchi vositalar