Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2013 05.12.2002 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-sonli “Oʻzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda isteʼmol tovarlarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek isteʼmolchilarni isteʼmol tovarlari toʻgʻrisidagi ishonchli axborot bilan davlat tilida taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga erkin muomalaga chiqariladigan import qilinadigan isteʼmol tovarlarining 1-ilovaga muvofiq ayrim turlarini majburiy markalash joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy markalanishi kerak boʻlgan va 2002-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan isteʼmol tovarlari chakana savdo shoxobchalarida 2003-yil 1-aprelgacha davlat tilida markalanmasdan sotilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilinadigan isteʼmol tovarlarini markalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 24-son, 315-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur qarordan kelib chiquvchi talablarga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda isteʼmol tovarlarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 47-modda) 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
427-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilinadigan, davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan isteʼmol tovarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎‎‎

Mahsulotlar nomi

TIF TN kodi‎‎

1‎

2‎

3‎

1.‎

Isteʼmol upakovkaga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlari‎ 0401-0410, 0901-0910, 1101-1109, 1201-1212, 1501-1517, 160100-1605, 1701, 1702, 1704, 1806, 1901-1905, 2001-2009, 2101-2106, 2201-2209, 2402-2403, 250100100, 25010091‎
2.‎ Dori-darmonlar va dori-darmon vositalari‎ 2936, 3003-3006‎
3.‎ Upakovkalardagi mineral yoki kimyoviy oʻgʻitlar‎ 3105‎
4.‎ Boʻyash moddalari, boʻyoq va loklar‎ 3204, 3206, 3207, 3208-3214‎
5.‎ Atir va pardoz suvi, kosmetika vositalari, soch va gigiyena uchun vositalar‎ 3303-3307‎
6.‎ Maishiy kimyo mahsulotlari‎ 3401, 3402, 3506‎
7.‎ Pirotexnika buyumlari‎ 3604‎
8.‎ Foto va kino tovarlari‎ 3701-3707‎
9.‎ Insektitsidlar, dezinfeksiyalash vositalari, tormoz suyuqliklari, antifrizlar‎ 3808, 3819, 3820‎
10‎ Maishiy elektr priborlari, tele, video, audioapparaturalar, koʻchma telefonlar‎ 8415 (841581100, 841581901, 841582100, 841583100, 841590100 dan tashqari) 841810 (841810100 dan tashqari), 841821-841829000, 841840 (841840100 dan tashqari), 842211000, 842310100, 8450 (845090000 dan tashqari), 845210. 846721-846722, 8471 (fuqaro aviatsiyasidan tashqari), 8471499900, 8509, 8510, 8516, 8517-8521, 8525 20910-852540, 8527, 8528‎
11.‎ Oʻyinchoqlar‎ 9503, 9504‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilinadigan isteʼmol tovarlarini markalash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi isteʼmol tovarlarini markalashga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom aholiga sotish uchun moʻljallanmagan va chetdan keltiriladigan quyidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun keltiriladigan hamda ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan isteʼmol tovarlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, xalqaro va hukumatlararo tashkilotlar, ushbu tashkilotlar huzuridagi xorijiy davlatlarning vakolatxonalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning rasmiy (xizmat yuzasidan) foydalanishi, shuningdek ularning xodimlari uchun moʻljallangan isteʼmol tovarlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrgazmalar namunalari, sinovlar, tadqiqotlar va marketing uchun namunalar sifatidagi isteʼmol tovarlarini markalashga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Transport idishida qadoqlangan, keyinchalik isteʼmol idishiga qayta qadoqlangan tovarlarni keltirishda transport idishida ularning tayyorlangan va qadoqlangan muddati koʻrsatiladi. Tovarni isteʼmol idishiga qayta qadoqlashda markalash tovarning normativ hujjatida koʻrsatilgan hajmiga muvofiq, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cheklangan foydalanish muddatiga ega boʻlgan tovarlar uchun tayyorlangan sanasi hamda yaroqlilik muddati majburiy koʻrsatilgan holda davlat tilida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yaroqlilik muddati belgilanishi shart boʻlgan tovarlarda tayyorlovchi tomonidan belgilangan yaroqlilik muddati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tayyorlovchi tomonidan (saqlash va tashish shartlariga toʻliq rioya qilgan holda) muayyan tovarning isteʼmolchilar hayoti va salomatligi uchun xavfsizligi talablariga muvofiqligi va ekologik jihatdan xavfsizligi kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yaroqlilik muddati oʻtgach tovarlar ulardan bevosita asosiy (yoki funksional) maqsadda foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Yaroqlilik muddati uzaytirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Isteʼmol tovarlarini markalashga qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markalashdagi va qoʻshib joʻnatiladigan hujjatlardagi maʼlumotlar isteʼmolchilar uchun tushunarli, toʻliq va ishonchli boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tovarni markalashdagi (etiketka, birka, leybl) va qoʻshib joʻnatiladigan foydalanish hujjatlaridagi isteʼmolchi uchun moʻljallangan maʼlumotlar tovarning turi hamda texnikaviy murakkabligiga qarab muayyan tovarga bevosita ilova qilinadigan matnli hujjat (pasport, formulyar, qoʻllanish boʻyicha koʻrsatmalar va boshqalar) tarzida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tovar bilan birga bevosita isteʼmolchiga taqdim etiladigan maʼlumotlar davlat tilida rasmiylashtiriladi. Maʼlumotlar boshqa tillarga toʻliq yoki qisman tarjima qilib berilgan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markalash maʼlumotlarining davlat tiliga toʻgʻri tarjima qilinganligini nazorat qilish mahsulotni sertifikatsiyalashni yoki xorijiy muvofiqlik sertifikatini eʼtirof etishni amalga oshiruvchi, bir turdagi mahsulotni sertifikatsiyalash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tovar isteʼmolchisi uchun maʼlumotlar “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga, shuningdek mahsulot unga binoan ishlab chiqariladigan normativ hujjatga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Genetik modifikatsiya qilingan mahsulotlardan olingan tovarning markalanishida bu toʻgʻridagi tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi uchun anʼanaviy boʻlmagan import tovarlar xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlarga muvofiq nomlanishi, bunday nomlar boʻlmagan taqdirda esa — tayyorlovchi mamlakatda qabul qilingan nomlar koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarga isteʼmolchiga moʻljallangan oʻziga xos boʻlgan maʼlumotlar ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarning nomida “Ekologiya jihatidan toza”, “Radiatsiya jihatidan xavfsiz”, “Zararli moddalar qoʻllanmasdan tayyorlangan” va boshqa reklama tusiga ega boʻlgan tavsifnomalardan foydalanishga faqat ularga qoʻyiladigan talablarni hamda tekshirish (nazorat qilish) metodlarini belgilovchi va tovarning ushbu tavsifnomalarini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi tayyorlovchining normativ yoki texnik hujjatlari koʻrsatilganda, shuningdek ular “Oʻzstandart” agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tovarni tayyorlagan mamlakatning nomi mamlakatning Birlashgan Millatlar Tashkilotida qabul qilingan nomi boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bir mamlakatda tayyorlangan tovar keyinchalik boshqa mamlakatda uning xossasini oʻzgartiradigan va (yoki) uni pirovard tayyor buyumga aylantiradigan tarzda texnologik ishlovdan oʻtkazilgan taqdirda, maʼlumotlarni yozishda texnologik ishlov berishni amalga oshiruvchi import qiluvchi mamlakat mazkur tovarni tayyorlovchi mamlakat sifatida qaralishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tovar kelib chiqqan mamlakat amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan mezonlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tovar isteʼmolchisi uchun moʻljallangan maʼlumotda tayyorlovchining rasmiy nomidan va uning joylashgan joyidan (pochta manzilidan) foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tovarning asosiy isteʼmol xossalari va tavsiflari tayyorlovchining normativ yoki texnik hujjati talablariga toʻliq muvofiq holda isteʼmolchiga maʼlum qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tovarning sertifikatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozish joyi va shakli muvofiqlik sertifikatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tovarning netto massasi, asosiy oʻlchamlari, hajmi va soni isteʼmolchi yoki xaridor uchun oʻlchovlarning metrik tizimida (birliklarning xalqaro tizimida) koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tovarning tarkibi (butligi) “Tarkibi” yoki “Butligi” nomi bilan roʻyxat tarzida taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarning sogʻlomlashtirish-davolashga moʻljallanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, odamlar hayoti va salomatligiga, hayvonot dunyosiga zararli taʼsirining yoʻqligi yoki uning boshqa alohida tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligining ruxsati bilan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tovarni tayyorlovchining tovar belgisi (tovar markasi) bevosita tovarlarga, idishga, shuningdek yorliqlar yoki etiketkalarga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yaroqlilik muddati tovarning tayyorlangan sanasidan boshlab hisoblanadi va bevosita tovarda, tashish idishida, oʻrab-joylangan narsada (isteʼmol idishida) quyidagi namunaviy shakllardan biridan foydalangan holda koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“...(yil-kun-oy) mobaynida yaroqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“...(yil-kun-oy)gacha yaroqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“...(yil-kun-oy)gacha foydalanilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan tovarlarning oʻziga xos xossalarini hisobga olgan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda isteʼmolchi uchun tovarning yaroqlilik muddati (yoki xizmat muddati) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatishi texnik jihatdan amalda noaniq uzoq muddatli (koʻp yillik) boʻlishi mumkin boʻlgan tovarlar uchun ularning yaroqlilik muddatlari yoki saqlash muddatlari isteʼmolchi uchun maʼlumotlarda koʻrsatilmaydi, ular (zarur boʻlganda) yetkazib berish shartnomasida (kontraktda) yoki oldi-sotdi shartnomasida (kontraktda) belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tovarni identifikatsiyalashni tasdiqlovchi shtrixli kod (tayyorlovchining ixtiyoriy tashabbusi va mustaqil ravishdagi qarori yoki isteʼmolchining va/yoki sotuvchining talabiga koʻra) tovarda, uning idishida va/yoki oʻrab-joylangan narsada Yevropa tovar raqamlanishi uyushmasi (EAN) tomonidan belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Maʼlumotlarni joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markalash maʼlumotlarini oʻqish uchun qulay boʻlgan bir yoki bir nechta joyda mahsulotga normativ hujjatlar talablariga muvofiq joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tovarning isteʼmolchisi uchun zarur boʻlgan maʼlumot matnini toʻliq berish uchun idishning oʻlchami texnik jihatdan yoʻl qoʻymaydigan hollarda, shuningdek esdalik va sovgʻa qilinadigan buyumlarda tovarni yoki uning bir qismini tavsiflovchi maʼlumotlarni har bir idishda yoki idish guruhlariga ilova qilinadigan qoʻshimcha varaqda yoki yetkazib berilayotgan tovarning qoʻshimcha hujjatlarida koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Isteʼmolchi uchun markalash maʼlumotlari taqdim etilishi usullari va uning bajarilishi sifatiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Isteʼmolchi uchun markalash maʼlumotlari istalgan usulda, lekin barcha hollarda aniq va oson oʻqiladigan tarzda joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlash, tashish, foydalanish va foydali tarzda ishlatish paytidagi xavfsizlik talablari boshqa maʼlumotlardan shrifti, rangi yoki boshqa bajarish usullari bilan farqlanib turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tovar joylashtirilgan idish qoʻshimcha oʻrov materiali bilan qoplangan boʻlsa, u holda maʼlumotlar qoplov materialining ichki tomonida sirtdan oson oʻqiladigan boʻlishi yoxud sirtqi oʻrov materialida ana shunday maʼlumot boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarga tegib turadigan markalash maʼlumotlarini yozish vositalari tovarning sifatiga taʼsir koʻrsatmasligi, tovarni saqlash, tashish, sotish va undan foydalanish chogʻida markalashning mustahkamligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Atrof muhit kuchli taʼsir koʻrsatadigan sharoitlarda yoki maxsus sharoitlarda (yuqori yoki past harorat, agressiv muhit va shu kabilarda) qoʻllaniladigan tovarlarni markalashda maʼlumotlarning saqlanishi quyidagi usullardan bittasi yoki ularning uygʻunlashgan turlari bilan taʼminlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsirga (namga, haroratga va boshqalarga) bardoshli materialni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozishning tegishli usulini qoʻllash (botiq, oʻyib yozish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosferaga chidamli qobiqlarni (shaffof plyonka, paket, quti va shu kabilarni) qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Isteʼmolchi uchun markalash maʼlumotlari import qilinayotgan tovarlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingungacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingandan keyin erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxonada rasmiylashtirilgungacha yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib kelingan tovarlarda isteʼmolchi uchun markalash maʼlumotlari ularni bojxona omborida saqlash chogʻida yoziladi. Saqlash muddati va bojxona rejimini tanlash (vaqtinchalik saqlash yoki bojxona ombori) import qiluvchi tomonidan, ushbu tartibotni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan vaqtdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 24-son, 315-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda isteʼmol tovarlarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-banddagi “barcha isteʼmol tovarlari” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ayrim isteʼmol tovarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 23-son, 188-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2004-y., 27-son, 315-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda)