Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.03.2002 29.07.2000 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.03.2002
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZGALAR PARVARIShIGA MUHTOJ BOʻLGAN YoLGʻIZ FUQAROLARGA IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATIShDA FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARI ROLINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 106-sonli “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish turlarini kengaytirish hamda ular bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy yordam koʻrsatishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga mehnat organlarida ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolarni yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun 2000-yil mobaynida haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq amaldagi xarajatlar (shu jumladan, ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar) 2000-yilda, istisno tariqasida, 100 foiz miqdorda Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla” respublika jamgʻarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga ishsiz fuqarolarni jalb qilishning vaqtinchalik tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, bunda bir xodimning xizmat koʻrsatish normativlarini, ushbu ishlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini, shuningdek, ijtimoiy xizmat koʻrsatishning toʻliqligi va sifatini samarali nazorat qilish mexanizmini nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga ishsiz fuqarolarni jalb qilishning vaqtinchalik tartibini joriy yilda qoʻllash natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga yolgʻiz pensionyerlarga, keksalarga va nogironlarga uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 29-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
288-son