29.08.2017 yildagi O‘RQ-439-son
Hujjat 30.08.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 99-moddadagi “shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “tegishli viloyat hokimi tomonidan” degan so‘zlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismidagi “shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qismidagi “viloyat hokimi tomonidan” degan so‘zlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 21-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Shahardagi tuman” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “shahardagi tuman yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “viloyatlarda tegishli majlislar” degan so‘zlar “viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
yettinchi qismidagi “xalq deputatlari viloyat Kengashlarining” degan so‘zlar “xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining saylangan deputatlari o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq 2019-yilda o‘tkaziladigan viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari bo‘yicha Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining yangi tarkiblari shakllantirilguniga qadar amalga oshiradi.
7-modda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2017-yilda Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun tuman saylov komissiyalari tuzilishini, saylov okruglarining soni belgilanishini ta’minlasin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq saylov komissiyalari tomonidan tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi, ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishi va aholi o‘rtasida mohiyati hamda ahamiyati tushuntirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
 LexUZ sharhi