27.07.2017 yildagi PQ-3152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda Toshkent viloyati xalq taʼlimi tizimida jami 1348 ta taʼlim muassasalari, jumladan 406 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 871 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 2 ta Mehribonlik uylari, 31 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablari, 19 ta “Barkamol avlod” markazlari, 19 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari faoliyat koʻrsatmoqda. Qabul qilingan davlat dasturlari doirasida mazkur taʼlim muassasalarining samaradorligini oshirish, ularni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, viloyatda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlarini tatbiq etish, yoshlarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida taʼlim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash yoʻnalishlarida qator dolzarb masalalar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tarbiyachilar, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, ayniqsa aniq fanlar va chet tillari boʻyicha oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarining takliflariga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida Chirchiq davlat pedagogika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari uchun yuqori malakali oʻqituvchilarni talab darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurtimizning pedagogika fani boʻyicha qadimdan rivojlanib kelgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining tajribasi va Toshkent viloyati tumanlari taʼlim muassasalari talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli yoʻnalishlar hamda mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi yetakchi respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga yosh istiqbolli bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Universitet ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Universitetda viloyatdagi maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari va oliy taʼlim muassasalari hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining taʼlim mazmunini takomillashtirish boʻyicha faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilinsin. Muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatidagi maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek, pedagogik kadrlar va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarining ilmiy-metodik bazalarini shakllantirishni muvofiqlashtirish va oʻquv-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika sohasidagi talab va ilgʻor xorijiy tajriba, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda, viloyat taʼlim muassasalarida davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatdagi pedagogika sohasida ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar olib borishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat taʼlim muassasalari ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, jumladan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash asosida, pedagogika sohasini rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, viloyatdagi taʼlim muassasalari rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini sifatli oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Universitet uchun zarur pedagog kadrlarni jalb qilish uchun soatbay asosida haq toʻlash va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanishini moliyalashtirishning aniq choralarini koʻrsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshidagi Chirchiq akademik litseyiga tegishli Chirchiq shahar, Istiqbol koʻchasi, 2-A uy va Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejiga tegishli Chirchiq shahar, Amir Temur koʻchasi, 104-uyda joylashgan binolari va inshootlari hududlari bilan Universitetga operativ boshqarish huquqi bilan bepul foydalanishga berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qoʻyilsinki, Universitetni saqlash xarajatlari 2017-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2018-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar Universitetning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Universitetga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat, 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasi saqlashga limit ajratsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Universitetda Toshkent shahridan qatnab ishlovchi professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlarga borish kelishi uchun tegishli sharoitlar tashkil etilsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3152-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 730-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)