Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.05.2005 07.11.2002 yildagi 383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.05.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT EHTIYoJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI ETIShTIRIShNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirishni mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini yanada takomillashtirish, fermer xoʻjaliklari rolini oshirish, fermerlarda mulkdorlik, jalb etiladigan mablagʻlardan samarali foydalanish uchun iqtisodiy javobgarlik hissini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining Buxoro, Fargʻona, Namangan va Xorazm viloyatlarida amaldagi tayyorlov korxonalari orqali avans berish mexanizmi oʻrniga fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta xomashyosi va gʻalla etishtirish boʻyicha xarajatlarini ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari orqali toʻgʻridan toʻgʻriimtiyozli kreditlash mexanizmini 2003-yil hosilidan boshlab sinab koʻrish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuqorida koʻrsatilgan mintaqalarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklarini ekish materiali bilan “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tayyorlov korxonalari tomonidan gʻalla va paxta xomashyosi boʻlgʻusi hosili uchun avans berish hisobiga taʼminlashning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklariga paxta xomashyosi terimchilari bilan hisob-kitob qilish uchun haqiqiy tayyorlangan paxta xomashyosi hajmidan kelib chiqqan holda “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari orqali mablagʻlar ajratishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklariga kreditlar ular tomonidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan gʻalla va paxta xomashyosi qiymatining 50 foizigacha miqdorda, avans hisobiga yetkazib beriladigan ekish materiali qiymatini hisobga olgan holda, yiliga koʻpi bilan 5 foizli stavka bilan hamda hosil yigʻishtirib olingungacha va ular boʻyicha hisob-kitob qilingungacha muddatga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlariga sotishdan fermer xoʻjaliklariga tushadigan mablagʻlar hisobiga birinchi navbatda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklarining fermer xoʻjaliklariga imtiyozli foiz stavkalari boʻyicha kreditlar berish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar qaytarilishini taʼminlashni — “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining sugʻurta polislarini va har bir fermer xoʻjaligining imkoniyatlaridan kelib chiqib taʼminlashning boshqa shakllarini nazarda tutgan holda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla etishtirish boʻyicha fermer xoʻjaliklarining xarajatlarini kreditlashning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla etishtirishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun beriladigan imtiyozli kreditlar qaytarilishini sugʻurtalashning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsinlar hamda tasdiqlash uchun Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi har bir fermer xoʻjaligi boʻyicha gʻoʻza va gʻalla ekinlarining ahvolini, ularni etishtirish boʻyicha xarajatlarni kreditlashni davom ettirishning maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun muntazam monitoring oʻrnatsin hamda ekinlarning ahvoli qoniqarsiz ekanligi aniqlangan hollarda tegishli tijorat banklarini oʻz vaqtida xabardor qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklari rahbarlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla va paxta xomashyosini etishtirish boʻyicha xarajatlarini kreditlashning tayyorlov korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari va “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining ekinlarning ahvoli va kutilayotgan hosildorlik toʻgʻrisidagi xulosalariga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit resurslarining qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirishning texnologiya kartalariga muvofiq xarajatlar normalariga binoan ajratilishi va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
383-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 168-modda)