05.06.2017 yildagi PF-5068-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy-texnologik va innovatsiya tadbirkorligining barqaror rivojlanishini taʼminlash, kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish, milliy va xorijiy bozorlarda raqobatdosh, ilmiy-hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishni va yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish uchun qulay muhit shakllantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Yashnobod” innovatsiya texnoparkini (keyingi oʻrinlarda — “Yashnobod” texnoparki) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Yashnobod” texnoparki quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashnobod” texnoparki rezidentlarini Toshkent shahri, Namangan viloyati Chust tumani va Navoiy viloyati Karmana tumani hududida joylashtirishning ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda ushbu hududlar chegarasida eksterritoriallik asosida joylashtirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarishning yaxlit innovatsiya zanjirini amalga oshirish uchun ilm-fan, oʻquv va ishlab chiqarish tashkilotlarining faoliyatini integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya loyihalarini davlat, ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlar va donor mamlakatlar kreditlari hamda venchur fondlarining moliya resurslari hisobiga birgalikda moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatishning, jumladan ilmiy laboratoriyalar, kerakli reagent va sarflash materiallari bilan taʼminlash, litsenziya va patentlar olishni tashkil qilish, ilmiy va innovatsiya ishlanmalarini tijoratlashtirishni oʻz ichiga olgan yaxlit infratuzilmani yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “Yashnobod” texnoparkining ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar, sanoat-tajriba sinovlarini oʻtkazish va innovatsiya mahsulotlari namunalarini oʻzlashtirish boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo texnologiyasi, biotexnologiya, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyasi, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materialshunoslik, metallga ishlov berish texnologiyasi, zilzilabardoshlilik, qurilish materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya tejamkorlik, muqobil va energiyaning qayta tiklanadigan manbalarini ishlab chiqarish, elektron oʻlchash asboblari, robototexnika, mashinasozlik, elektrotexnika.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Yashnobod” texnoparkining asosiy vazifa va funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patent sofligini inobatga olgan holda, innovatsiya ishlanmalarini, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan yuqori texnologiyali va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba va kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya ishlanmalarning sanoat-tajriba sinovlarini oʻtkazish va ishlab chiqarishda intellektual mulk obyektlaridan foydalanishning huquqiy himoyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tatbiq etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, zamonaviy xorijiy va mamlakatimiz texnologiyalarini transfer qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologiyali va innovatsiyali ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqqan mahalliy va xorijiy investorlarni, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun imkoniyat va resurslarga ega boʻlgan tadbirkorlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlanmalarining samaradorligini oshirish, ularning faoliyat koʻrsatishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni hamda talabalarni jalb etish maqsadida oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ishlab chiqarish sohasidagi subyektlar oʻrtasida oʻzaro uzviy va amaliy aloqalarni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya ishlanmalari natijalarini tegishli tarmoqlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliy faoliyatiga keng joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkning faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yashnobod” texnoparki faoliyatini muvofiqlashtiradi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va “Yashnobod” texnoparki rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar va Yashnobod tumani hokimliklari “Yashnobod” texnoparki faoliyatiga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashnobod” texnoparki rezidentlariga innovatsiya ishlab chiqarishini va startaplar tashkil qilish uchun Yashnobod tumani hududidan yer maydonlari elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashnobod” texnoparki ishtirokchilari hisoblangan ilmiy va oliy taʼlim muassasalari texnopark rezidentlariga ilmiy ishlab chiqarish binolari, shu jumladan laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, tajriba-sinov ishlab chiqarish, texnik xizmat koʻrsatish komplekslarini, shuningdek, foydalanilmayotgan davlat mulki binolarini ijaraga berishlari mumkin va ijara toʻlovlaridan tushgan pul mablagʻlarni, oʻrnatilgan tartibda balansda saqlovchi ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan tashqari, “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga yoʻnaltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashnobod” texnoparki rezidenti statusi 10 yilgacha tanlov asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashnobod” texnoparki rahbari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yashnobod tumani hokimligi va “Yashnobod tuman kommunal taʼmirlash- avariya tiklash xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati laboratoriyalarining bir qismi hamda rahbariyat maʼmuriyatini joylashtirish maqsadida Yashnobod tumani, Majnuntol koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan binoni berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Yashnobod” texnoparki va uning rezidentlari rivojlanishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha asosiy vakolatli bank hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklariga “Yashnobod” texnoparkida amalga oshirilayotgan innovatsiya loyihalariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 50 foizdan oshmaydigan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov sifatida xarid qilinayotgan (tashkil etilayotgan) uskuna hamda “Yashnobod” texnoparki maʼmuriyati kafolati etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Yashnobod” texnoparki maʼmuriyati va rezidentlari amalga oshirilayotgan innovatsiya loyihalari boʻyicha “Yashnobod” texnoparkining butun faoliyat koʻrsatish davrida quyidagilardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq, innovatsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida oʻz ishlab chiqarish ehtiyoji uchun olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskuna, xom ashyo, materiallar, reaktivlar, butlovchi buyumlar hamda qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddatda “Yashnobod” innovatsiya texnoparki toʻgʻrisidagi Nizom, texnopark maʼmuriyati tarkibi, “Yashnobod” texnoparki rezidentlariga yer maydonlari ajratish tartibi, 2017-2018-yillarda “Yashnobod”texnoparkida amalga oshirilishi taklif etilayotgan innovatsiya loyihalari roʻyxatini tasdiqlashni oʻz ichiga olgan “Yashnobod” texnoparki faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5068-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 446-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)