04.05.2017 yildagi PQ-2951-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash respublika budjeti, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5209/0140-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi kuzatuv kengashining tarkibiga kiradi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi aʼzolariga va uning ijro etuvchi devoni xodimlariga oldingi ish joyida berilgan koʻp yillik xizmati, maxsus unvon va mansab darajalari uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi, shuningdek Kengashda ishlagan davri boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga oʻtganda navbatdagi tegishli unvonlar olish, shuningdek mansab darajasi uchun qoʻshimcha toʻlovlar va koʻp yillik xizmat qilganligiga ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi aʼzolariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5006-son “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Kengash raisi moddiy, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga tenglashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi oʻrinbosari va Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi aʼzolari moddiy, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga tenglashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashining ijro etuvchi devoni xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan tibbiy taʼminot shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilda Kengashning joriy moliyaviy taʼminoti uchun mablagʻlar ajratsin, 2018-yildan boshlab esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi Kengashning asoslantirilgan hisob-kitobiga muvofiq 2017-yilda idora mebellari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan jihozlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5209/0140-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining balansidagi asosiy vositalar Kengash balansiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi avtoxoʻjaligi tomonidan beriladigan uchta xizmat yengil avtomobili uchun limit belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 4-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2951-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 417-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5209/0140-son; 07.01.2019-y., 07/19/4096/2427-son; 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)