Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019 31.03.2017 yildagi PF-4996-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, yillik investitsiya dasturlarini sifatli ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi chet el kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, jalb etiladigan chet el investitsiyalari samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uning hududiy boʻlimlari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun masʼul vakolatli davlat organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya institutlari bilan markazlashtirilgan tartibda hamkorlik qilish boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi) hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5382-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirishni ragʻbatlantirish, respublikada investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan yagona davlat investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, chet el banklari, jamgʻarmalari, agentliklari, kompaniyalari va boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini oʻzaro manfaatli asosda rivojlantirish va hamkorlik yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar jalb etish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilash va amalga oshirish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi xorijiy kompaniya va bank tuzilmalari bilan investitsiya sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarini oʻrnatilgan tartibda tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi kompleks dasturlar, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari bilan bogʻliq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik koʻmaklashishga qaratilgan mablagʻlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining jalb etiladigan kredit resurslari va texnik koʻmaklashishga qaratilgan mablagʻlar (grantlar), Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning iqtisodiy va investitsiya salohiyati toʻgʻrisida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida va chet ellarda xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlari oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid komissiyalarining tender oʻtkazish boʻyicha faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etish;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha tuzilgan import kontraktlarini tizimli asosda puxta ekspertizadan oʻtkazish;
(2-bandning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli moliya institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, “yoʻl xarita”lari va dasturlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini, respublika hududlarini rivojlantirish uchun moliya institutlarining jalb etiladigan qarzlari, kredit va grantlaridan yanada samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni roʻyobga chiqarish uchun masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, ekspertiza organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan loyiha, tender va kontraktga oid hujjatlar boʻyicha ekspert xulosalarining oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5382-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli tarmoq va hududiy rivojlanish konsepsiyalari, rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini monitoring qilish boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va chet el hukumati moliya tashkilotlari bilan oʻzaro markazlashgan hamkorlik qilish boʻyicha vakolatli organ funksiyalarini bajarish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan va meʼyoriy-huquqiy xususiyatga ega boʻlgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xoʻjalik subyektlari tomonidan bajarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari va xalqaro hamda xorijiy moliya institutlaridagi doimiy vakili lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilar oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga hisobot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, xalqaro va xorijiy moliya institutlaridagi doimiy vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻiga asosan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga iqtisodiyotning tayanch tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirishga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hamda ilgʻor texnologiyalarni, ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va imtiyozli kreditlarni jalb etish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida tahliliy materiallar, hisobotlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirishga doir takliflarni har chorakda muntazam taqdim etib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet el kompaniya va tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga oʻtkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida tashkil etilgan va amalga oshirilayotgan loyihalarni joriy etuvchi guruhlar xodimlari, shuningdek, investitsiya loyihalari tashabbuskori boʻlgan vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari mutaxassislarini tender hujjatlarini tayyorlash, kelib tushadigan tender takliflarini baholash jarayonlariga jalb qilish hamda ularni kelishgan holda tender komissiyalari tarkibiga kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida Tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasi tarkibini qayta tasdiqlasin va unga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi rahbarlarini idoralararo tender komissiyalari raislarining oʻrinbosarlari sifatida albatta kiritsin hamda Idoralararo tender komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tubdan qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tender (tanlov) savdolari oʻtkazish tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga doir takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4996-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 215-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son)