22.09.2016 yildagi PQ-2607-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uglevodorod xom ashyosi boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hajmlari va geografiyasini yanada kengaytirish, xorijiy investorlar ishtirokida Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish investitsiya loyihasini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijasida “Gas Project Development Central Asia” (Shveysariya) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — xorijiy investor) “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish doirasida qoʻshma korxona taʼsis etish uchun xorijiy hamkor etib belgilangan boʻlib, ushbu loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quduqlarni mukammal taʼmirlash, yangi quduqlarni burgʻulash, gaz quvurlarini qurish, gazni kompleks tayyorlash, siqish kompressor stansiyasi va muhandislik kommunikatsiyalarini zamonaviy oʻrnatishni amalga oshirib, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda ish parametrlarini aniqlagan holda Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish boʻyicha ishlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2D va 3D seysmik qidiruv ishlarini amalga oshirgan va qidiruv-razvedka quduqlarini burgʻulagan holda, shu jumladan dastlabki 4 yil davomida miqdori 26,5 mln. AQSH dollaridan kam boʻlmagan minimal dastur boʻyicha Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy, Urga, Oqchalak va Chandir investitsiya bloklarini chuqur geologik oʻrganish dasturini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekneftgaz” MXK “Gas Project Development Central Asia” kompaniyasi bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 1-oktabrgacha teng ulushlarda boshlangʻich ustav kapitali 300,0 ming AQSH dollari miqdorida boʻlgan, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxona (keyingi oʻrinlarda — qoʻshma korxona) taʼsis etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 1-dekabrgacha investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangandan soʻng, mustaqil baholash yakunlariga koʻra loyihaning investitsion bloklari va konlarda qilingan tarixiy sarf-xarajatlar koʻrinishidagi Oʻzbekiston tomonining hissasi hamda xorijiy investor tomonidan tegishlicha toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritish hisobiga qoʻshma korxonaning ustav fondini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urga va Chandir guruhi konlarini loyihani amalga oshirish boshlangan vaqtdan 12 oy davomida, Oqchalak guruhi konlarini esa 36 oy davomida ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani moliyalashtirish xorijiy investorning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar shaklidagi hissasi, qarzlar jalb qilish va qoʻshma korxonaning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorning dividendlari geologiya-qidiruv ishlari dasturini moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda dastlabki toʻrt yil davomida qoʻshma korxona ixtiyorida qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investor “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kelishgan holda xorijiy hamkorning ulushi doirasida, tashkil etilayotgan qoʻshma korxonaning ustav kapitalida kamida 25 foiz ulushga ega boʻlgan qoʻshimcha xorijiy hamkor jalb qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” MXK investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, qoʻshma korxona tomonidan investitsiyalarning maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻshma korxonaga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kelishgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash, qurilishning muhandislik ishlari, ishga tushirish, texnik xizmat koʻrsatish, sogʻliqni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va atrof muhitni himoya qilish boʻyicha xalqaro norma va standartlarga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomalar asosida uskunalarni tayyorlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmalarni investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan bir vaqtda joylashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangunga qadar u boʻyicha ishlarni moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekneftgaz” MXK ekspertizadan oʻtkazuvchi vakolatli organlar bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsin va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi investitsiya loyihasi doirasida qoʻshma korxona, pudrat va subpudrat tashkilotlariga radioelektron vositalari va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga oʻrnatilgan tartibda ruxsatnoma bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari qoʻshma korxonaga investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda qoʻshma korxonaga investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer osti va yer usti suvlaridan suv olishning zarur limitini belgilangan tartibda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qoʻshma korxonaga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Sechankoʻl, Oqjar, Chimboy, Urga, Oqchalak va Chandir investitsiya bloklarini geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya va Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarida uglevodorod xom ashyosini qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda litsenziya bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi qoʻshma korxonaga kon ajratmalarini belgilangan tartibda taqdim etsin hamda qoʻllaniladigan texnologiyalarning ishlab chiqarish xavfsizligi boʻyicha ekspert xulosalarini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Oqchalak guruhi konlariga nisbatan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi Bitimdan chiqish haqida belgilangan tartibda bildirishnoma yoʻllangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” MXK ikki oy muddatda “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” kompaniyasi bilan ilgari tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Oqchalak guruhi konlariga nisbatan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi Bitim toʻxtatilishini rasmiylashtirsin va Hukumatning tegishli qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK buyurtmanomalariga binoan, ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddatini uzaytirilishini davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda taʼminlasin.
 LexUZ sharhi
Norasmiy tarjima. 14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda. Rasmiy matn uchun rus tiliga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK buyurtmanomalariga binoan, ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzbekneftgaz” MXK Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2607-son