29.12.2016 yildagi PF-4907-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklarining ilmiy faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan haqiqiy aʼzolarining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanishi tartibini joriy etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PF-5292-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 06/18/5292/0490-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari bir nafar kuzatuvchi bilan birga bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va kuzatuvchi bir nafar shaxs uchun sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini fan-taʼlim va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etish, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishda, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ularning rolini kuchaytirish mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarining fan-taʼlim muassasalarida va sanoat korxonalarida samarali ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangilangan tahrirdagi Ustavini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4907-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 7-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 06/18/5292/0490-son)