Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 27-iyundagi PF-1193-son Farmoniga oʻzgartish kiritish haqida
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmonini bajarish yuzasidan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 27-iyundagi PF-1193-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “7 ish kuni” soʻzlari “oʻn besh ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-dekabr,
PF-4891-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 579-modda)