Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.06.1999 yildagi 313-son
Kuchga kirish sanasi
24.06.1999
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Joriy versiya | Hujjat 21.05.2021 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha taʼlim tizimida raqobat muhitini yaratish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha taʼlim tizimida raqobat muhitini yaratish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining davlat maktabgacha bolalar muassasalari bilan bir qatorda tijorat asosida faoliyat koʻrsatuvchi, davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. | 1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining davlat maktabgacha bolalar muassasalari bilan bir qatorda tijorat asosida faoliyat koʻrsatuvchi, davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. |
2. Tugatilayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining boʻshayotgan binolari va inshootlari mavjud jihozlari va asbob-uskunalari bilan birgalikda, keyinchalik sotib olish huquqi bilan 3 yilgacha muddatga ijara haqi undirmasdan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ijaraga berilishi mumkinligi belgilansin. | 2. Tugatilayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining boʻshayotgan binolari va inshootlari mavjud jihozlari va asbob-uskunalari bilan birgalikda, keyinchalik sotib olish huquqi bilan 3 yilgacha muddatga ijara haqi undirmasdan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ijaraga berilishi mumkinligi belgilansin. |
3. Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalarining ishlab turgan davlat maktabgacha bolalar muassasalari tarkibi va hududida, shuningdek boshqa davlat maktabgacha bolalar muassasalariga ega boʻlmagan aholi yashash joylaridagi ishlab turgan davlat maktabgacha muassasalari oʻrniga tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | 3. Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalarining ishlab turgan davlat maktabgacha bolalar muassasalari tarkibi va hududida, shuningdek boshqa davlat maktabgacha bolalar muassasalariga ega boʻlmagan aholi yashash joylaridagi ishlab turgan davlat maktabgacha muassasalari oʻrniga tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasasi (tashkiloti) toʻgʻrisida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda ularni tashkil etish tartibini, ularning tashkiliy-huquqiy maqomini, tegishli davlat standartlarini taʼminlash boʻyicha asosiy talablarni, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibini, mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini va boshqalarni nazarda tutsin. | 4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasasi (tashkiloti) toʻgʻrisida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda ularni tashkil etish tartibini, ularning tashkiliy-huquqiy maqomini, tegishli davlat standartlarini taʼminlash boʻyicha asosiy talablarni, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibini, mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini va boshqalarni nazarda tutsin. |
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: | 9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: |
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishga amaldagi qonun hujjatlari doirasida har tomonlama koʻmaklashsinlar; | nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishga amaldagi qonun hujjatlari doirasida har tomonlama koʻmaklashsinlar; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining joylashuvini va bolalar bilan toʻldirilganligini, ularning bir qismini keyinchalik sotish yoki yangidan tashkil etilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ijaraga berish uchun aniqlab olish maqsadida budjet mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligini puxta oʻrganib chiqsinlar; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining joylashuvini va bolalar bilan toʻldirilganligini, ularning bir qismini keyinchalik sotish yoki yangidan tashkil etilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ijaraga berish uchun aniqlab olish maqsadida budjet mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligini puxta oʻrganib chiqsinlar; |
davlat taʼminoti tashkilotlari uchun xaridlarning umumiy hajmini aniqlashda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olsinlar va nodavlat maktabgacha bolalar tashkilotlari tomonidan davlat taʼminoti tizimining savdo korxonalari tarmoqlari, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari orqali naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha mayda ulgurji tartibda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish imkoniyatini taʼminlasinlar. | davlat taʼminoti tashkilotlari uchun xaridlarning umumiy hajmini aniqlashda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olsinlar va nodavlat maktabgacha bolalar tashkilotlari tomonidan davlat taʼminoti tizimining savdo korxonalari tarmoqlari, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari orqali naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha mayda ulgurji tartibda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish imkoniyatini taʼminlasinlar. |
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin. | 11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin. |
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1999-yil 24-iyun, | 1999-yil 24-iyun, |
313-son | 313-son |