Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylar hamda boshqa tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli “Ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat muassasalarini takomillashtirish va yangi ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son hamda “Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek nogironligi boʻlgan bolalarning oilalarda va oila sharoitlarida toʻliq rivojlanishi, ularga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
1. “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylar huzurida tasdiqlangan koyka fondi doirasidagi boʻsh oʻrinlar hisobiga ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlari tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2. Oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ular uchun oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylar huzuridagi nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 17-oktabr,
347-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 42-son, 486-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)