Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 16.06.2016 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz shahrida “Adib Sobir Termiziy” nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazining yangi binosini qurish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va usullarini tanlash imkoniyatini taʼminlash tamoyili asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim olish, maʼnaviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar hamda keng axborot-resurs bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida “Adib Sobir Termiziy” nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) yangi binosini qurish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 322-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 45-son, 576-modda) bilan tasdiqlangan Termiz davlat universiteti huzuridagi “Amudaryo” sport-sogʻlomlashtirish markazi obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlari (shu jumladan qurilish tashkilotlari, moliyalashtirish manbalari va qurilish muddatlari) bilan bogʻliq chora-tadbirlar rejasining 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 305-modda)