Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2020 09.03.2001 yildagi 119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-2002 YILLARDA XORIJIY INVESTORLARNI JALB ETGAN HOLDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh BOʻYIChA KELGUSIDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, xorijiy investorlarni obyektlarni xususiylashtirishga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 292-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-2-ilovalarda koʻrsatilgan korxonalarning xususiylashtiriladigan mulki (aksiyalar paketlari) qiymati erkin almashtiriladigan valyutada belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kompaniyalarning — baholash, auditorlik, konsalting va moliya agentlarining xizmatlariga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan, Jahon bankining institutsional qayta oʻzgartirishlarni amalga oshirish uchun beradigan qarzi boʻyicha tushadigan mablagʻlar hisobiga, shuningdek Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash kompaniyalarining — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining xizmatlariga haq toʻlash Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
(2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 512-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 219-modda; )
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondini koʻpaytirishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davlat ulushi kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi, aksiyalarining davlat paketi miqdori Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilangan korxonalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga respublikaning vakolatli banklarida ochilgan chet el banklarining “Loro” korrespondentlik hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlaridan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham birlamchi, ham ikkilamchi bozorlarda mamlakatimiz emitentlarining aksiyalarini sotib olish uchun foydalanishga ruxsat berilsin;
(3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi qaroriga koʻra davlat mulki uchun haq toʻlashning aralash shaklini amalga oshirishda foydalanishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasiga davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Vazirlar Mahkamasi komplekslari bilan kelishilgan takliflari yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar tomonidan ular sotib olishadigan aksiyalar paketlari va obyektlar uchun haq toʻlashning turli shakllarini moslashtirilgan holda qoʻllash toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga kiritilgan obyektlar negizida belgilangan tartibda qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda Xorijiy investorlar tomonidan ular sotib olishadigan aksiyalar paketlari va obyektlar uchun haq toʻlash shakllari toʻgʻrisidagi Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda fond bozorida, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun yoʻnaltiriladigan resurslarni mehnat jamoalari ulushini va aksiyalarning boshqa paketlarini qisqartirish hisobiga koʻpaytirish maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondlarini 2001-yil 1-sentabrgacha xatlovdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga* muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119-son
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 292-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 26-modda, 11-son, 67-modda, 15-16-son, 106-modda, 20-son, 142-modda; 2002-y., 5-6-son, 44-modda, 17-18-son, 135-modda, 17-18-son, 141-modda, 19-son, 148-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda, 7-8-son, 61-modda, 7-8-son, 63-modda, 13-son, 108-modda, 21-son, 219-modda; 2004-y., 18-son, 206-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 28-29-son, 264-modda, 30-son, 292-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda, 52-son, 568-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda, 52-son, 602-modda; 2017-y., 13-son, 200-modda;Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)